Ukraina Belarus bilan chegarada devor quryapti

Olam

image

Ukraina Belarus bilan chegarada istehkomlar va panjara qurmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko Telegram’da ma’lum qildi. 

“Hozir janubda xalqimiz harbiylarimizni kutib olmoqda, shimolda esa yana bir ish qizg‘in ketmoqda – bu yerda Belarus bilan chegarada devor o‘rnatilmoqda. Ariq, qirg‘oq, tikanli simli temir-beton to‘siq Volinda qurilayotgan muhandislik to‘siqlaridir”, deb yozadi Timoshenko. 

Uning ta’kidlashicha, chegaraning 3 kmga yaqini allaqachon shu tarzda jihozlangan. 

Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizg‘in ish olib borilmoqda. 

"Bu hammasi emas, lekin biz tafsilotlarni oshkor qilmaymiz", deya qo‘shimcha qildi u. 

Prezident devoni rahbari o‘rinbosari, shuningdek, Rovno va Jitomir viloyatlarida ish olib borilayotganini aytdi. 

Bundan tashqari, Timoshenko Rossiya hududi bilan chegaradosh hududlarda istehkomlar qurilishi va chegarani tartibga solish haqida ham ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing