Madaniyat vaziri Ukraina masalasida o‘z pozitsiyasini bildirdi

Madaniyat-san’at

image

Davlatim, siyosatim qaysi pozitsiyada bo‘lsa, men ham vazir sifatida aynan o‘sha pozitsiyani qo‘llab-quvvatlayman. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistning Ukrainadagi vaziyatga pozitsiyasi qanday ekani haqidagi savoliga javob berarkan aytib o‘tdi. OAV xodimlari bilan muloqot kecha, 10 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ukraina va Rossiya urush holatida bo‘lgan bir vaqtda nega Rossiya estradasi yulduzlari bot-bot Toshkentda konsert berayotganini ham izohlagan.

“O‘zbekistonning pozitsiyasi ma’lum. Shuning uchun biz har ikki tarafning ham xohish-istaklarini na qo‘llash va na qoralash pozitsiyasida turibmiz.

Rossiyalik san’atkorlar bugun kelib qolgani yo‘q, Mustaqil bo‘libmizki, har yili juda ham mashhur san’atkorlar keladi. Ularning o‘zbekistonlik muxlislari borligini e’tirof etamiz, ya’ni bozori borligi uchun ular kelyapti, agar bu yerda talab bo‘lmasa kelmas edi. Ularni xalqimiz yaxshi ko‘radi, lekin mana shu holatlarda ular o‘zlarini siyosiy pozitsiyalarini bu yerda e’lon yoki targ‘ib qilishlariga, tabiiyki, biz yo‘l qo‘yayotganimiz yo‘q, yo‘l qo‘ymaymiz ham. Bunaqa holatlar ham bo‘ldi, buning uchun o‘z munosabatlarimizni bildirdik va o‘z qarorimizni qabul qildik. Bu masalaga shunchaki qo‘l siltab ketayotgan joyimiz yo‘q. Bu bizga dars bo‘ldi. Bundan keyin nafaqat Rossiya, balki Yevropadan kelishi mumkin bo‘lgan san’atkorlarga ham siyosiy mojarolarni bu yerda hal qilmaslik masalasini qo‘yyapmiz. Har qanaqa siyosiy mojaro bo‘lmasin u bizni yurtimizga daxlsiz bo‘lishi kerak”, deydi Madaniyat vaziri.

Nazarbekovdan “Ozodlik” radiosi muxbiri Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha shaxsiy pozitsiyasini ham so‘ragan. 

“Vazir sifatidagi pozitsiyamni aytib bo‘ldim. Agar shaxsiy fikrimni so‘raydigan bo‘lsangiz, buni uyga kelganingizda qulog‘ingizga aytib beraman”, degan Nazarbekov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida “halok bo‘lgan rus askarlari” haqidagi qo‘shiq sadolari ostida u ijro etmoqchi bo‘lgan raqs to‘xtatib qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing