O‘zbekiston vengriyalik investorlarga nimalarni va’da qilmoqda?

Biznes

Bugun, 10 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Samarqand shahridagi forumlar saroyida “O‘zbeliston-Vengriya” biznes forumi tashkil etildi. Ushbu forumda ikki mamlakat biznes sohasi vakillari ishtirok etdi va o‘zaro manfaatli hamkorlik borasida kelishuvlarga erishildi.   

Biznes forumda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ishtirok etib, O‘zbekistonnning iqtisodiy imkoniyatlari va tabiiy resurslari haqida xorijlik investorlarga ma’lumot berdi. O‘z nutqida vazir tadbirkor va investorlar nima uchun aynan O‘zbekistonni tanlashi kerakligi haqidagi savolga javob berdi: 

“Avvalo investitsiyalar uchun qulay muhit. Investorlar huquqlari qonun bilan himoyalanishi bo‘yicha amaliy tizim yaratildi. Natijada 2017 yildan boshlab ($3,3 mlrd) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 baravarga oshdi ($8,6 mlrd). Qariyb 8 mingta tovar turiga import bojlari kamaytirildi. Biznesga oid har xil turdagi 70 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomalar berilishi bekor qilindi. Shuningdek, yangi biznes sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi. Yer uchastkalari onlayn savdolar orqali taqdim etilmoqda. Qulay investitsion muhitni barpo etishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar faol davom ettiriladi”. 

Forumda ishtirok etgan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto o‘z nutqida ma’lum qilishicha, yaqin kelajakdagi hamkorlik davomida muqobil energiya manbalarinidan foydalanish loyihalari amalga oshiriladi, havo aloqalari rivojlantiriladi hamda o‘zbek talabari Vengriyada ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi. Janob Siyyarto shuningdek “O‘zbekiston-Vengriya” investitsiya fondi tashkil etilishini ham ma’lum qildi. 

Biznes forumi yakunida anglashuv memorandumlarini almashish marosimi o‘tkazildi. Soha vakillari tijorat sohasida yakuniy kelishuvlarga erishdilar. Jarayonlarni ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda turli tashkilotlar xodimlari kuzatib bordi. Sammit doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing