Rishi Sunak kim? U Britaniyaning boshiga qanday keldi?

Olam

Buyuk Britaniya sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak hukmron Konservativ partiya yetakchiligini qo‘lga kiritdi va Bosh vazir bo‘ladi. Bu haqda kecha, 25 oktyabr kuni partiya rahbarini saylash tartibini belgilovchi parlamentning 1922 yil qo‘mitasiga raislik qiluvchi Grem Bredi ma’lum qildi.

Sunak 20 oktyabrda iste’foga chiqqan Liz Trass o‘rnini egallab Britaniya tarixida Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan birinchi etnik hindga aylanadi. 
 
Sunak qanday qilib Bosh vazir bo‘ldi?

Liz Trass iste’foga chiqqanidan so‘ng, Konservativ partiya rahbarini saylash tartibi imkon qadar tezroq amalga oshirildi. Yangi qoidalarga ko‘ra, nomzod birinchi bosqichda Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasida konservativ deputatlarning 100 dan ortiq ovozini olishi kerak. Agar nomzodlar soni bitta bo‘lsa, u avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi, agar ikkita yoki uchta bo‘lsa, Konservativ partiyaning barcha a’zolari "bir a’zo – bitta ovoz" tamoyili ostida ovoz berishadi.

Ma’lumot o‘rnida, 23 va 24 oktyabr kunlari Konservativ partiyaning sobiq rahbari hamda Bosh vazir Boris Jonson va Jamoatlar palatasi yetakchisi Penni Mordont saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortdi. Shu tariqa, Rishi Sunak konservatorlar yetakchisi va Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga yagona da’vogar bo‘lib qoldi.
 
Rishi Sunak kim?

Rishi Sunak 1980 yil 12 mayda Gempshirda panjob oilasida tug‘ilgan. U hindistondan kelgan muhojirlar avlodidir. Otasi umumiy amaliyot shifokori, onasi farmatsevt.

Sunak 2001 yilda Oksford universitetini tamomlagan, u yerda falsafa, siyosat va iqtisod bo‘yicha tahsil olib 2006 yilda AQSHning Stenford universitetida biznes boshqaruvi magistri darajasini qo‘lga kiritgan.

Professional faoliyati

2001-2004 yillarda Goldman Sachs investitsiya bankida tahlilchi bo‘lib ishlagan. Keyin The Children's Investment Fund Management fondini boshqarish kompaniyasida ishladi va 2006 yilda kompaniya hamkorga aylandi. 2009 yilda u Theleme Partners xedj-fondi (ma’lum bir xavf uchun daromadni maksimal darajada oshirishga yoki ma’lum daromad uchun xavfni minimallashtirishga qaratilgan investitsiya fondi – tahr.)ga qo‘shilgan va hind milliarderi Narayan Murtiga tegishli bo‘lgan Catamaran Ventures investitsiya kompaniyasi direktori bo‘lgan. 

Parlament va hukumatdagi faoliyati

2015 yil may oyidan beri Sunak Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasining Konservativ partiyadan a’zosi. 2019-2020 yillarda u Boris Jonson hukumatida G‘aznachilik departamenti bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2020 yil 13 fevralda u Moliya vaziri etib tayinlanadi. 2020 yil, koronavirus pandemiyasi davrida vazirlik tomonidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, korporativ mehnatga haq to‘lash xarajatlarini qoplash, yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator dasturlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, soliqlar kamaytirildi, imtiyozli kreditlash dasturlari o‘tkazildi, ko‘chmas mulkni sotib olishda davlat bojini to‘lash uchun soliq ta’tillari tasdiqlandi. Rishi Sunak 2021 yilda korporativ soliq stavkasini 2023 yil aprelidan boshlab joriy 19 foizdan 25 foizga oshirishini e’lon qildi, bu esa kuchli norozilikka sabab bo‘ldi.

Rishi Sunak 2022 yil may oyida 2021 yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar natijasida inflyatsiya darajasi 5,5 foizni tashkil etgan Yevropadagi energiya inqirozi sharoitida mamlakatdagi rekord darajadagi inflyatsiya bilan bog‘liq holda 15 milliard funt sterling 18,9 milliard dollarlik yangi chora-tadbirlar to‘plamini e’lon qildi. 2022 yil aprel oyida bu ko‘rsatkich 9 foizga yetdi, oktyabrda esa 10 foizdan oshdi. Bu 1982 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich edi.

Sunak Moliya vazirligi rahbari sifatida tashqi siyosat masalalarida deyarli gapirmadi, biroq Rossiya Federatsiyasining maxsus operatsiyasi fonida Ukrainaga moliyaviy yordam ajratilishini qo‘llab-quvvatladi. 2022 yil 5 iyulda Rishi Sunak iste’foga chiqdi. U har doim Kommunistik partiya rahbari va Bosh vazir Boris Jonsonni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaganini aytadi.

Partiya yetakchisi va Bosh vazirlikka nomzodlik sari

2022 yil 7 iyulda Boris Jonson iste’foga chiqqanidan so‘ng Sunak hukmron Konservativ partiya yetakchisi va shunga mos ravishda hukumat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surdi. Saylovlar bir necha bosqichda o‘tkazildi. 2022 yil 20 iyul kuni Jamoatlar palatasida partiya deputatlari ovoz berishning so‘nggi turida Sunak 137 ovoz oldi va Tashqi ishlar vaziri Liz Trass (113) bilan birgalikda g‘olib bo‘lgan yakuniy bosqichga chiqdi. Ovoz berish 2 sentyabrda yakunlandi. Partiyaning oddiy a’zolari tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra, 42,6% ovoz olgan holda Trass yutqazdi.

Sunak doim daromad solig‘ini pasaytirish va mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha (hozir 2,28 foiz) oshirish tarafdori. Bundan tashqari u, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni yoqlaydi.
 
Shaxsiy hayoti

Rishi Sunak hindistonlik milliarder Narayan Murtining qizi Akshate Murti bilan turmush qurgan. Ayoli moda dizayneri. Ularning ikki nafar farzandi bor.

“The Sunday Times” ma’lumotlariga ko‘ra, u va uning rafiqasi (umumiy boyligi 730 million funt sterling bilan) mamlakatning eng boy odamlari ro‘yxatida 222-o‘rinni egallagan.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

658

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing