“TASHKENT GLOBAL FORUM” biznesmenlar uchrashuvida xalqaro spikerlar kim va nega unda qatnashishi lozim?
Biznes
−
08 Oktabr 2022
5515Bugungi dunyoda xalqaro tijorat va davlatlararo hamkorlik mamlakatlar taraqqiyotining bosh omilidir. Boisi, mazkur jarayonlar mamlakatga qo‘shimcha mehnat resurslarini va shu bilan birga rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Dunyoning ilg‘or davlatlari mazkur sabablarni inobatga olgan holda yirik tijorat forumlari va yig‘inlarini tashkil etish va bu orqali mamlakatning biznes salohiyatini oshirishga harakat qiladilar.
Shu ko‘rinishdagi tadbirlardan biri joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari poytaxt Toshkentning «Humo Arena» muz saroyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rejalashtirilgan keng formatdagi "TASHKENT GLOBAL FORUM" ikki kun davomida soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Xalqaro biznes forumlarning yana bir muhim tomonlaridan biri shuki, mazkur tadbirlar dunyoning yetakchi biznes doiralarini jalb etadi. "TASHKENT GLOBAL FORUM" spikerlari
1 - Jordan Belfort. Amerikalik xalqaro sotuv eksperti. Uoll Strit Bo‘risi.
2 - Igor Mann. Rossiyaning 30 yillik tajribaga ega xalqaro marketologi. Rossiyaning Filipp Kotleri.
3 - Azamat Osmanov. Markaziy Osiyodagi eng yirik gipermarketlar tarmog‘i «MAGNUM» bosh direktori.
4 - Xurshid To‘rayev. Samarkand city va ko‘plab loyihalar asoschisi. O‘zbekistonlik millioner.
"TASHKENT GLOBAL FORUM" asosiy mehmon spikeri taniqli amerikalik Jordan Belfort. Mazkur yuqori darajali mehmon xalqaro sotuv eksperti sifatida faoliyat yuritadi. Mamlakatimizning yetakchi tijorat doiralari uchun Jordan Belfort bilan yuzma-yuz muloqot yirik hodisa bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, biznesning turli sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan forumda rossiyalik eng tajribali marketologlardan biri, sohada 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro marketolog Igor Mann ishtirok etishi ham rejalashtirilgan. Mahalliy spikerlardan esa Xurshid To‘rayev ishtiroki belgilangan. Forumning bir qismi bo‘lishi kutilayotgan boshqa spikerlarning nomlari esa forum avvalida e’lon qilinadi.
O‘z navbatida, "TASHKENT GLOBAL FORUM" tadbirkorlar va biznesga qiziquvchilar, biznesini rivojlantirishni istaydigan insonlar, yuqori tajribali menejerlar, kompaniya rahbarlari, marketologlar, sotuv bo‘limi boshliqlari uchun esda qolarli o‘quv platformasi va shu bilan birga ularning rejalari uchun muvaffaqiyat omili bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti
Ushbu xalqaro biznes forumning asosiy foydalari networking, sotuv bo‘yicha tajriba va keyslar, marketing ko‘rinshlari, shuningdek, networking zonalar borasidagi bilimlar va amaliyot yutuqlar ulashishdadir.
Ushbu yirik xalqaro forum o‘z qiziquvchilari uchun katta imkoniyatlar va nihoyatda qiziqarli tadbirlarni hadya etadi. Zero, ilg‘or taraqqiy etayotgan mamlakat iqtisodiyoti uchun tirgak bo‘ladigan tadbirkorlik qatlamini qo‘llab-quvvatlash va ruhlantirish uchun bu kabi jarayonlar nihoyatda muhimdir. Siz ham ushbu voqelikning bir qismiga aylaning. Biznes va tadbirkorlikka qiziquvchilarni "TASHKENT GLOBAL FORUM" ga chorlab qolamiz.
LiveBarchasi