Rossiya Kanada uchun qora ro‘yxatni kengaytirdi

Olam

image

Moskva Ottavaning yangi sanksiyalari munosabati bilan Kanadadagi 55 nafar yuqori martabali harbiylar, siyosatchilar va jamoat arboblari uchun o‘zaro munosabatlar tamoyili asosida Rossiyaga kirishni taqiqladi. Bu haqda Rossiya TIVning bugun, 31 avgustdagi Kanadaning bir qator fuqarolariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etish haqidagi bayonotida aytiladi. 

“Rusofobik yo‘nalishga sodiq bo‘lgan Bosh vazir Jastin Tryudoning hukmron rejimi tomonidan Rossiya fuqarolariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi munosabati bilan Kanadaning 55 nafar yuqori martabali harbiylar, siyosatchilar va jamoat arboblari uchun o‘zaro munosabatlar tamoyili asosida Rossiya Federatsiyasiga kirish yopildi”, deyiladi hujjatda. 

Shuningdek, diplomatik departamentning ta’kidlashicha, qo‘shimcha chora-tadbirlar doirasida Rossiya Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 19 avgustida Kanadaning banderizm yo‘nalishidagi uchta milliy-vatanparvar tashkiloti faoliyati Rossiya Federatsiyasi hududida nomaqbul deb tan olingan xorijiy va xalqaro nohukumat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.  

Ular orasida Ukraina Kanada Kongressi, Makdonald-Lauriyer instituti va Kanadaning Ukraina milliy federatsiyasi bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing