Ortiqxo‘jayevga bundan og‘ir jazo berilishi kerak edi
Intervyu
−
10 avgust 2022
28715Chilonzorda 101 daraxtning nobud qilinishi shunchaki unutib yuboriladigan navbatdagi daraxtkushlik emas. Bu mamlakatdagi ekologik siyosat borasida yuqori idoralarda qo‘yilayotgan talabalarga unchalik quyi bo‘lmagan ijro organlarida qanday bo‘ysunilayotganini ko‘rsatadigan asos. Voqea ortidan ko‘rilgan choralar, berilgan jazolar esa, aslida ijro organlarida vaziyat o‘ta jiddiyligini ko‘rsatadi. Boisi O‘zbekistonda qonunchilikdan oldin keladigan boshqa narsa bor – itoat. Xodimning yoki kichikroq rahbarning kattasiga so‘zsiz itoati. Aytaylik, tuman hokimining shahar hokimiga itoati. Bunda topshiriq olayotganlar bu qonunchilikka mosmi degan savolni berib ham o‘tirmaydi. Shu bois ko‘plab masalalarda kaltak buyruq bergan qolib, bajarganning boshida sinadi.
Filologiya fanlari doktori, eko-jurnalist Nargis Qosimovaga ko‘ra, Chilonzorda ro‘y bergan voqeaga aloqador hammaga – qurilish ishlarida qatnashgan ishchidan tortib, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevgacha bundan og‘ir jazo berilishi kerak edi.
“Daraxtlarga zarar yetkazganlik uchun qonunchilikda qamoq jazosi bo‘lishi kerak, albatta. Va bu boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun shaffof bo‘lishi kerak”, deydi Nargis Qosimova.
Uning qayd etishicha, daraxtlarning kesilishi alohida favqulodda holat bo‘lsa, ularning poyi betonlab tashlanishi ham tashvishlantiradigan vahshiylik.
“Daraxt ham tirik jonzot. U ham nafas olishi kerak. Ular sug‘orilmaydi, tabiiy yomg‘ir suvlari yetib borishi kerak”, deydi jurnalist mamlakatdagi qurilish va obodonlash ishlari ortidan kelayotgan zararni tahlil qilarkan.
Uning qayd etishicha, betonlashga buyruq berganlar umuman javobgarlikka tortilmayapti.
Filologiya fanlari doktori, eko-jurnalist Nargis Qosimova bilan intervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi