Dunyoni tebratgan, 14 million jonni tentiratgan urushga 100 kun (fotoreportaj)

Olam

photo_2022-06-02_15-42-29 (2)

3 iyun - urushning yuzinchi kuni. Hatto, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ham jangovar harakatlar cho‘zilib ketganini aytgan bo‘lsa-da, Rossiya rasmiylari hammasi reja bo‘yicha ketayotganiga ishontirishda davom etmoqda. Uch oydan ortiq vaqt davomida Rossiya Kiyev viloyatida o‘z o‘rnini topa olmadi, ammo Xerson va Zaporoje viloyatlarini bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Rossiya Ukrainaning 20 foiz yerini nazorat qilmoqda. 

Bahor o‘rtalarida Rossiya Mudofaa va Tashqi ishlar vazirlari Sergey Shoygu hamda Sergey Lavrov “Maxsus operatsiya”ning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Ikkinchi bosqichning vazifasi “Donbass uchun jangda” g‘alaba qozonishdir, ammo Rossiya qurolli kuchlari yozning boshiga qadar bunga erisha olmadi. Bu vaqt davomida Ukraina armiyasi nafaqat hududni himoya qildi, balki qarshi hujumlarni ham amalga oshirdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 100 kunlik urush davomida 14 mln ukrainalik uyini tashlab ketdi, 3 mln bola maktablarda o‘qishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, 15,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Bundan tashqari, yuz minglab odamlar suv va elektr energiyasidan mahrum, millionlab odamlar ertangi kun uchun oziq-ovqatni qayerdan olishni bilmaydi.

Bugun 100 kundan beri davom etyotgan urushni siz bilan birga kadrlarda ko‘rib chiqamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing