Albaniyada “Roma” va “Feyenoord” muxlislari to‘qnashdi (video)
Olam
−
25 may 2022
7786Yevropa Konferensiya ligasi finaliga tayyorgarlik jarayonida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvni oldini olishga uringan 19 nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Bugun, 25 may kuni Italiyaning “Roma” klubi Albaniya poytaxti Tirana shahrida Gollandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan bahs olib boradi.
Kecha, 24 may kuni esa har ikki klub muxlislari o‘rtasida janjal yuz bergan. Mahalliy politsiya tartibsizliklarni bostirishga harakat qilganda muxlislar shisha butilkalar, tayoqlar, toshlar va boshqa narsalar bilan ularga hujum qilishgan.
“Erta tongda biz 80 nafar italiyalik bezori muxlislarni Durres dengiz porti orqali deportatsiya qildik”, deydi politsiya.
Albaniya politsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Albert Dervishining aytishicha, ikkala jamoa muxlislarining politsiyaga nisbatan zo‘ravonliklari natijasida 19 nafar xodim jarohatlangan va ulardan biri pichoqlangan.
Mahalliy politsiya avvalroq tartibsizliklar natijasida 60 kishi – 48 italyan va 12 golland “vokzalga olib ketilgani”, Albaniya, Italiya va Niderlandiyaning 10 nafar fuqarosi jarohatlari tufayli shifoxonada davolanganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun, 25 may kungi o‘yin Yevropa Konferensiya Ligasi tarixdagi birinchi final bo‘lib, Tirana shahridagi 21 690 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan “Arena Kombetare” maydonida bo‘lib o‘tadi.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z klubi muxlislari “Real Madrid”ning 81 044 tomoshabinga mo‘ljallangan stadioni “Santyago Bernabeu” ni “to‘ldirishini” ta’kidladi.
“Roma” va “Feyenoord” muxlislari o‘yinni ikkita fan-zonada tomosha qilishlari kutilmoqda va politsiya zo‘ravonlik avj olishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rganini ma’lum qildi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi