Alvido, SSSR avtoritarizmi qoldig‘i

Bu qiziq

image

Bugun, 6 aprel kuni Rossiya Liberal-demokratik partiyasi asoschisi va hozirgacha yagona lideri Vladimir Jirinovskiy vafot etdi. U SSSR parchalangandan keyin Rossiya parlamentining barcha chaqiriqlarida deputat bo‘lgandi.

Jirinovskiy SSSR parchalanishiga qarshi chiqqan va buni vafotigacha qoralab keluvchi haqiqiy sovet avlodi bo‘lgan. shu bilan birga u Rossiyaning barcha Prezidentlari – Boris Yelsin, Vladimir Putin va Dmitriy Medvedevga saylovlarda raqobatchi bo‘lgan yagona kishi edi. Shu bilan birga u baqiroq siyosatchi ekani bilan ham ko‘pchilikka yaxshi tanish.

Quyida Kremlning yaqin qo‘shni va postsovet davlatlariga aloqador imperialistik va hududiy iddaolarini ommaga yetkazib beruvchi shaxs sifatida tanilgan Vladimir Volfovich Jirinovskiy qanday o‘tmishga egaligini ko‘rib chiqamiz.

Kelib chiqishi

Vladimir Volfovich Jirinovskiy 1946 yil 25 aprelda Qozog‘iston SSR (hozirgi Qozog‘iston Respublikasi) Olma-ota shahrida tug‘ilgan. U oiladagi eng kichik (oltinchi) farzand edi.

Onasi – Aleksandra Pavlovna (qizlik familiyasi - Makarova), asli mordoviyalik edi. U eri va besh farzandi bilan 1940-yillarda Olma-otaga ko‘chib o‘tgan. Uning birinchi eri Andrey Vasilevich Jirinovskiy NKVD (SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi)da xizmat qilgan, keyin Turkiston-Sibir yo‘lining o‘rmon bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1944 yilda sil kasalligidan vafot etgan.

Vladimir Jirinovskiyning otasi – G‘arbiy Ukrainada (o‘sha paytda – Polsha hududi) tug‘ilgan Volf Isaakovich Eydelshteyn Ikkinchi Jahon urushi boshida Qozog‘istonga deportatsiya qilingan va u yerda Trans-Sibir temir yo‘lida ishlagan. 1945 yilda u Aleksandra Jirinovskayaga uylandi, lekin bir yil o‘tgach, o‘g‘li tug‘ilgandan so‘ng, u Polshaga surgun qilindi, keyin Isroilda yashadi.

Ma’lumoti, ilmiy darajalari

1970 yilda Vladimir Jirinovskiy M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Sharq tillari institutining (1972 yildan – Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti) tarix va filologiya fakultetining “Turkiya va turk tili” mutaxassisligi imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1965 – 1967 yillarda bir vaqtning o‘zida marksizm-leninizm universitetida tahsil olgan. 1977 yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yuridik fakultetining kechki bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Falsafa fanlari doktori. 1998 yil 24 aprelda Moskva davlat universitetida “Rossiya xalqining o‘tmishi, buguni va kelajagi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Mehnat va siyosiy faoliyatining boshlanishi

Vladimir Jirinovskiy siyosiy faoliyat bilan talabalik yillarida shug‘ullana boshlaganini aytgan. 1967 yilda u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS (rus) – SIKP) Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Leonid Brejnevga maktub yo‘llab, “ta’lim, qishloq xo‘jaligi va shahar boshqaruvi sohasida” islohotlarni taklif qiladi. Natijada, uni KPSS Moskva shahar qo‘mitasining universitetlar bo‘limiga “suhbat uchun” taklif qilishadi va u yerda yosh Vladimirning takliflari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytishadi.

1969 yilda SSSR Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qo‘mitasining “Tyajpromeksport” va “Nefteximpromeksport” tashqi savdo birlashmalari orqali Eron va Turkiyada amaliyot o‘tadi. O‘sha yili Iskenderon shahrida (Turkiya) neftni qayta ishlash zavodi qurilishida tarjimon bo‘ldi. Turkiyada esa hibsga olinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Vladimir Jirinovskiyning o‘ziga ko‘ra, hibsga mahalliy aholidan biriga sovg‘a qilingan sovet nishoni sabab bo‘lgan.

1970-1972 yillarda Sovet Armiyasi safida, Kavkazorti harbiy okrugi shtab-kvartirasining siyosiy bo‘limida (Tbilisi, Gruziya) xizmat qilgan.

1972-1975 yillarda u Sovet tinchlik qo‘mitasi xalqaro bo‘limining G‘arbiy Yevropa sektori xodimi bo‘ldi. 1973 yilda Moskvadagi Tinchlik kongressini va Berlindagi Butunjahon yoshlar va talabalar festivalini tashkillashtirishda qatnashdi.

Shu bilan birga, 1973 yilda u Leninskiy tuman komsomol qo‘mitasining (Moskva) shtatdan tashqari instruktori bo‘lgan.

1975 yildan Kasaba uyushmalari harakati oliy maktabining Iqtisodiyot fakulteti dekanatida xorijlik talabalar bilan ishladi.

1975 yildan 1983 yilgacha – SSSR Adliya vazirligining xorijiy yuridik kollegiyasining Yevropa bo‘limi maslahatchisi, katta maslahatchisi (kollegiya Sovet va chet el fuqarolari o‘rtasidagi nizolarni, shu jumladan meros va ajralish jarayonlarini ko‘rib chiqqan). Meros huquqiga ixtisoslashgan.

1983-1990 yillarda – “Mir” nashriyotida xodim, keyin katta yuridik maslahatchi, yuridik bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan. 1999 yilda Moskvadagi Jahon sivilizatsiyalari institutiga asos soldi.

1980-1990 yillardagi siyosiy faoliyati

1989 yilda u “Mir” nashriyotidan SSSR deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan, ammo “Ogonka” muharriri Vitaliy Korotich foydasiga o‘z nomzodini qaytarib olgan.

1988 yilda Demokratik ittifoqning ta’sis qurultoyida qatnashd. U Yahudiy madaniyati jamiyati boshqaruvi a’zosi etib saylandi.

1989 yil 13 dekabrda Vladimir Jirinovskiy Sovet Ittifoqi Liberal-demokratik partiyasini (SILDP) yaratish bo‘yicha tashabbus guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi. Siyosiy tashkilot dasturi avvalroq Jirinovskiy tomonidan ishlab chiqilgan “Rossiya sotsial-demokratik partiyasi dasturi”ga asoslangan edi. SILDP o‘zini hukmron KPSSga muxolifat deb e’lon qildi.

1990 yil 31 martda SILDP ta’sis qurultoyida Vladimir Jirinovskiy uning raisi etib saylandi. O‘shandan beri, 30 yildan ortiq vaqt davomida u partiyaning o‘zgarmas rahbari, 2017 yildan esa uning Oliy Kengashini ham boshqargan.

1990-1991 yillarda u Sovet Ittifoqini saqlab qolish va SSSR Milliy qutqaruv qo‘mitasini yaratish tarafdori bo‘lgan Markazchilar bloki (1990 yil iyul oyida tuzilgan, uning tarkibiga SILDP, A.D.Saxarov nomidagi Demokratik kuchlar ittifoqi, Rossiya Xalq fronti va boshqa siyosiy kuchlar kirgan) yetakchilaridan biri bo‘lgan.

1990 yil 6 oktyabrda SILDP Markaziy Qo‘mitasining bosh koordinatori Vladimir Bogachevning tashabbusi bilan SILDPning II (navbatdan tashqari) s’ezdi bo‘lib o‘tdi, unda Jirinovskiy raislik lavozimidan chetlashtirildi va SSSRdan chiqarib yuborildi. Vladimir Jirinovskiy va uning tarafdorlari qurultoy qarorlariga bo‘ysunishdan bosh tortdi va o‘z navbatida konferensiya chaqirib, o‘zining sobiq hamkasblarini partiyadan chiqarib yubordi.

Natijada partiya SILDP va LDPga bo‘lindi. SILDP Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi va Sovet Ittifoqida KPSSdan keyin ikkinchi rasmiy ro‘yxatga olingan partiya bo‘ldi (1992 yilda SILDP Rossiya Liberal-demokratik partiyasi, RLDP deb o‘zgartirildi).

1991 yil avgust oyida SSSR o‘rniga yangi suveren davlatlar federatsiyasini tashkil etishni ko‘zda tutuvchi Ittifoq shartnomasi imzolanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Favqulodda holat bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (GKCHP (rus) – FHDQ) tomonidan uyushtirilgan davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida Vladimir Jirinovskiy partiya nomidan FHDQni qo‘llab-quvvatlab, omma oldida chiqish qildi. 1993 yil yozida u Rossiya Prezidenti Boris Yelsin tomonidan asosiy qonun loyihasini ishlab chiqish uchun chaqirilgan Konstitutsiyaviy konferensiyada qatnashdi. O‘sha yilning oktyabr oyida u Rossiya Federatsiyasi Oliy Kengashi bilan ziddiyatida Yelsinni qo‘llab-quvvatladi, ammo ikkala tomonning zo‘ravonlik harakatlarini qoraladi.

Prezident saylovlaridagi ishtiroki

Jirinovskiy olti marta prezidentlikka da’vo qilgan. U Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik kampaniyalarida eng ko‘p qatnashgan odam sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kirdi. U 2008 yilgi saylovlarda eng yaxshi natijaga erishgan.

1991 yil 12 iyunda bo‘lib o‘tgan birinchi prezidentlik saylovlarida u 7,81 foiz ovoz olib, Boris Yelsin (57,30 foiz) va Nikolay Rijkov (16,85 foiz)dan keyin 3-o‘rinni egalladi. 1996 yil 16 iyundagi saylovlarda u 5,7 foiz (10 nafar nomzoddan 5-o‘rin) ovoz oldi va ovoz berishning ikkinchi bosqichiga chiqmadi (Boris Yelsin 3 iyulda Prezident etib saylangan, 53,82 foiz). 2000 yil 26 martdagi saylovlarda Vladimir Jirinovskiyga saylovchilarning 2,7 foizi ovoz berdi, u 11 nomzod orasida 5-o‘rinni egalladi (Vladimir Putin davlat rahbari etib saylandi, 52,94 foiz ovoz). 2008 yil 2 martdagi saylovda Jirinovskiy to‘rtta nomzod ichida Dmitriy Medvedev (70,28 foiz) va Gennadiy Zyuganov (17,72 foiz) dan keyin 3-o‘rinni (9,35 foiz) egalladi. 2012 yil 4 martda u navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashib, 6,22 foiz (Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi prezidenti etib saylandi, 63,60 foiz) ovoz olgan besh nomzod orasida 4-o‘rinni egalladi. 2018 yilning 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Liberal-demokratik partiya yetakchisi 5,65 foiz ovoz olib, sakkiz nomzod orasida 3-o‘rinni egalladi (Vladimir Putin – 76,69 foiz va Pavel Grudinin – 11,77 foiz).

Davlat Dumasidagi faoliyati

Vladimir Jirinovskiy Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining barcha sakkiz chaqiriq deputati bo‘lgan. U 1993 yildan buyon parlament quyi palatasida ishlagan. 2000 – 2011 yillarda u Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi vitse-spikeri lavozimin egallagan, 1993 – 1999 yillarda va 2011 yildan RLDP fraksiyasini boshqargan.

1993 yil 12 dekabrda Liberal-demokratik partiyadan 1-chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati etib saylangan. 114-sonli Shchelkovskiy bir mandatli saylov okrugidan (Moskva viloyati) Dumaga o‘tdi. Parlamentning quyi palatasida u “Rossiya tanlovi”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan liberal-demokratlar fraksiyasini boshqargan. U Duma mudofaa qo‘mitasining a’zosi edi.

Keyingi yillarda u RLDP ro‘yxatidagi birinchi odam sifatida Davlat Dumasiga saylandi.

1995 yil 17 dekabrda u ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylangan, partiya fraksiyasi rahbari lavozimini egallagan va mudofaa qo‘mitasi a’zosi bo‘lib ishlagan.

1999 yil 19 dekabrda III chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputatligiga “Jirinovskiy blokidan” nomzod etib ko‘rsatilgan. Blok Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi RLDP saylov ro‘yxatini federal qismidagi nomzodlar tomonidan mulk to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgani sababli ro‘yxatga olishdan bosh tortganidan so‘ng, tuzilgan. 2000 yil yanvar oyida Vladimir Jirinovskiy Davlat Dumasi raisi Gennadiy Seleznevning o‘rinbosari etib saylandi. Uning o‘g‘li Igor Lebedev LDPR parlament fraksiyasi rahbari bo‘ldi.

Uning o‘g‘li Igor Lebedev RLDP parlament fraksiyasi rahbari bo‘ldi.

2003 yil 7 dekabr va 2007 yil 2 dekabrda Vladimir Jirinovskiy Davlat Dumasiga IV va V chaqiriq deputati etib saylangan. 2003-2011 yillarda u parlamenti raisi Boris Grizlovning o‘rinbosari bo‘lgan. U Duma mudofaa qo‘mitasining a’zosi edi.

Keyinchalik, 2011 yil 4 dekabr va 2016 yil 18 sentyabrda u Liberal-demokratik partiya ro‘yxati bo‘yicha VI va VII chaqiriq Davlat Dumasining deputati etib saylandi. U parlament quyi palatasidagi partiya fraksiyasini boshqargan.

2021 yil 19 sentyabrda u VIII chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga saylangan, yana RLDP fraksiyasini boshqargan.

1996 – 2008 yillarda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi delegati bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashining a’zosi edi.

Mintaqaviy saylovlarda ishtiroki

Liberal-demokratik partiya rahbari bir necha bor Rossiya Federatsiyasida mintaqaviy va mahalliy saylovlarda partiya ro‘yxatini boshqargan.

1999 yil 30 mayda Vladimir Jirinovskiy Belgorod viloyati rahbari saylovida (17,72 foiz) amaldagi gubernator Yevgeniy Savchenkoga (53,46 foiz) va Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi auditori Mixail Besxmelnitsinga (19,71 foiz) yutqazib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Oilasi

2022 yilning 9 fevralida Vladimir Jirinovskiy koronavirus infeksiyasi sabab og‘ir ahvolda Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonaga (MKK) yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari siyosatchi sakkiz marta COVID-19 ga qarshi emlangan edi. U oxirgi marta 2021 yil 20 dekabrda emlangani haqida xabar bergan.

Vladimir Jirinovskiy rasman Galina Aleksandrovna Lebedeva (ma’lumoti bo‘yicha virusolog, biologiya fanlari nomzodi) bilan nikohli bo‘lgan. Vladimir Jirinovskiyning o‘zi ular nikohi 1971 yilda tuzilganini aytgan. Ammo 1978 yilda er-xotin ajrashish uchun ariza bergan va 1990-yillarda ular turmush qurishgan va shundan beri ular cherkov nikohi bilan bog‘langan. Vladimir Jirinovskiy va Galina Lebedevaning o‘g‘li Igor Lebedev (1972 yilda tug‘ilgan) 2011-2021 yillarda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi vitse-spikeri bo‘lgan. Bundan tashqari, Jirinovskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning ikkita noqonuniy farzandi bor edi: qizi Anastasiya Petrova (1983 yilda tug‘ilgan), o‘g‘li Oleg Eydelshteyn (Gazdarov; 1986 yilda tug‘ilgan).

Unvon, mukofot, kitoblari

Vladimir Jirinovskiy iste’fodagi polkovnik unvoniga ega bo‘lgan.

U “Vatanga xizmatlari uchun” (2006, 2011, 2016, 2021) ordeni, “Shon-sharaf” ordeni (2008), Aleksandr Nevskiy (2015), shuningdek, II va I ikkinchi darajali (2012, 2019) P.A. Stolipin medallari bilan taqdirlangan. Abxaziya Respublikasining II darajali “Shon va sharaf” ordeni bilan taqdirlangan (2005). Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligining Anatoliy Koni medali, Rus pravoslav cherkovining I darajali (2021) Moskva knyazi Daniil ordeni bilan taqdirlangan. RFda xizmat ko‘rsatgan huquqshunos (2000).

Xalqaro ekologiya va tabiatdan foydalanish akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademigi), Tabiiy fanlar akademiyasining faxriy akademigi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy a’zosi, Ijtimoiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademigi) edi.

Ingliz, fransuz, nemis va turk tillarini yaxshi bilgan.

U 500 dan ortiq kitob va makolalar, jumladan, “Siyosiy klassika” nomli 100 jildli kitob muallifi edi. Liberal-demokratik partiya Oliy Kengashi a’zosi, hozirda Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Mixail Degtyarevning ikkita kitobi Vladimir Jirinovskiyga atalgan: “O‘z vatanidagi payg‘ambar” (2015), “Payg‘ambar 2.0” (2021).

Liberal-demokratik partiya yetakchisi qo‘shiqlar, jumladan, o‘z kompozitsiyalaridan iborat bir nechta albomlarni yozgan. U, shuningdek, Liberal-demokratik partiya madhiyasi muallifi.

2016 yilda Zurab Sereteli Jahon sivilizatsiyalari instituti (Moskva) hovlisida Vladimir Jirinovskiy haykalini o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing