Putin Rossiyasining Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi (fotoreportaj)
Olam
−
24 mart 2022
14090Bugun, 24 mart kuni Rossiya Qurolli kuchlari harbiy operatsiya o‘tkazish shiori bilan Ukrainaga bostirib kirganiga roppa-rossa bir oy bo‘ldi. 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi.
G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
Barchaga ma’lumki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi. Har ikki tomondan ham qurbonlar bor, ammo Ukraina tarafda ko‘proq. Xususan, Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Ukrainadagi 64 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga hujum uyushtirilgan. Oqibatda 15 kishi halok bo‘lgan, 37 kishi yaralangan. 10 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab, boshqa shaharlarda qo‘nim topgan, ichki migratsiyaga uchragan har uchinchi kishi surunkali kasallikka chalingan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon mamlakat tark etayotganlar bir oy o‘tib 3,5 millionga yetgan.
Hisobotga ko‘ra, 3 million 557 ming 245 nafar ukrainalik qo‘shni davlatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi Polshaga qochgan.
Shunday qilib, 2 113 554 ukrainaliklar Polsha, 543 308 Ruminiya, 367 913 Moldova, 317 863 Vengriya, 253 592 Slovakiya, 252 376 Rossiya va 4308 boshqa Yevropa davlatlariga va Belarusdan boshpana topgan.
LiveBarchasi