Davlat pulini behuda sovurishda “chempion” vazirliklar aytildi
Jamiyat
−
11 mart 2022 26709 2 daqiqa
O‘zbekistonda davlat xaridlari yo‘nalishida 6631 holatda 567,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Suv xo‘jaligi vazirligi bu borada yetakchilik qilmoqda. Bu haqda kecha, 10 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining jamoatchilik oldidagi hisoboti yuzasidan o‘tkazilgan anjumanda agentlik direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.
“Davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan jami 54 ta vazirlik, idora va tashkilotlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 6631 holatda 567,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan”, deydi Burhonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra o‘rganish natijalari vazirlar kesimida quyidagicha:
• Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 4836 holatda 1,2 mlrd;
• Xalq ta’limi tizimida 761 holatda 85 mlrd;
• Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 618 holatda 359,3 mlrd;
• Viloyati hokimliklari va quyi tizimidagi tashkilotlarda 343 holatda 63,5 mlrd;
• Sog‘liqni saqlash tizimida 40 holatda 20,2 mlrd;
• Madaniyat vazirligi tashkilotlarida 23 holatda 14,1 mlrd;
• Oliy ta’lim vazirligi tizimida 10 holatda 23,8 mlrd so‘m.
Ma’lumotda keltirilishicha, xarid tanlovi talablari, tender talablari yoki yuqori narxlarda xarid qilish kabi xato va kamchiliklar kuzatilgan. Masalan:
• 6180 holatda 443,5 mlrd so‘mlik xarid tanlovi talablarini bajarmaslik;
• 13 holatda 42,7 mlrd so‘mlik tender talablarini bajarmaslik;
• 4 holatda 20,4 mlrd.so’mlik xarid to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron portalga kiritmaslik;
• 19 holatda 14,1 mlrd so‘mlik yuqori narxlarda xarid qilish;
• 8 holatda 9,0 mlrd so‘mlik xaridlarni qismlarga bo‘lgan holda oshirish;
• 16 holatda 3,7 mlrd so‘mlik xaridlarda Raqobat to‘g‘risidagi qonun talablari buzilganligi;
• 9 holatda 2,8 mlrd so‘mlik qonunga zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilganligi;
• 12 holatda 3,5 mlrd so‘mlik elektron, milliy do‘konlar orqali savdolar tartibi buzilganligi;
• 370 holatda 27,4 mlrd so‘mlik boshqa xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
Hokimliklar va boshqa tashkilotlarda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi esa quyidagicha:
• Navoiy viloyati hokimligi 21 ta;
• Jizzax viloyati hokimligi 19 ta;
• Andijon viloyati hokimligi 18 ta;
• Moliya vazirligi 17 ta;
• Qurilish vazirligi 8 ta;
• Xorazm viloyati hokimligi 7 ta;
• Boshqa tashkilotlar 12 ta.
O‘rganish yakuni bo‘yicha korrupsiya huquqbuzarliklarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf qilishga qaratilgan 373 ta taqdimnoma hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 75 ga yaqin so‘rovnoma kiritilgan bo‘lib, natijasi bo‘yicha 48 ta jinoyat ishlari va 24 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.
Live
Barchasi