Tezkor! Putin bugun DXR va LXR bo‘yicha qarorini e’lon qiladi

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donbassda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasini (DXR va LXR) tan olish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qiladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Hurmatli hamkasblar, fikringizni eshitdim. Qaror bugun qabul qilinadi. Sizga ushbu uchrashuv uchun minnatdorlik bildiraman”, dedi Putin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Shuningdek, Donbassdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hamma ishni qilishni bildirdi.

Ma’lumot uchun, bugun Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Denis Pushilin hamda Leonid Pasechnik Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan bu respublikalarni tan olishni so‘radi.

Pushilin va Pasechnikning murojaati “Rossiya 24” kanali orqali efirga berildi. Ular o‘z so‘roviga sabab sifatida “tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olish zarurati”ni keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 fevral kuni Rossiya parlamenti – Federal Majlisining quyi palatasi – Davlat dumasi yalpi majlisida Donbassning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk viloyatlari suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bunda Donetsk va Lugansk xalq respubliklarini tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi, shuningdek hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi loyihasi ovozga qo‘yilib, DXR va LXR mustaqilligini tan olish tanlandi. 

Qayd etish kerakki, 2008 yil Rossiya o‘z muxtoriyatiga qo‘shin kiritishni rejalashtirayotgan Gruziyani to‘xtatish uchun Osetiyada rossiyaliklar borligini vaj qilib, hududga qo‘shin kiritgandi. Yakunda ikki o‘rtada urush bo‘lib, Gruziya mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchu, bundan avval, Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta “Jevelin” tankka qarshi o‘tochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmatchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, hozirda Ukraina atrofida 190 mingga yaqin rus qo‘shinlari to‘plangan. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropadagi eng katta harbiy safarbarlikdir.

Ukraina sharqidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari aholini Rossiyaga evakuatsiya qilishni boshlagan. Mintaqadagi rossiyaparast separatistlar Kiyevni urush boshlashda ayblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing