Raqqosalar bilan dam olib, ishdan “uchgan” amaldor eski lavozimiga qaytdi
Jamiyat
−
18 yanvar 2022
60875O‘tgan yili restoranda raqqosalar bilan dam olgani aks etgan video tarqalishi bilan ishdan olingan Nozim Muratov qaytadan Sirdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimi imzolagan qarorda keltirilgan.
Qarorga muvofiq, Nozim Muratov 2021 yil 30 dekabrdan Sirdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ikki oylik sinov muddati bilan ishga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Nozim Muratov o‘tgan yilning 14 iyunigacha mazkur lavozimda faoliyat olib borgan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi restoranlardan birida uning yarim yalang‘och raqqosalarni o‘ynatib, pul qistirgani aks etgan video tarqalgandan so‘ng, lavozimidan ozod qilingan.
LiveBarchasi