Shoshiling! Xalq banki 732,9 mlrdlik kredit ajratdi

Biznes

rasm matbuot

Xalq banki yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 732,9 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratadi. 


Xalq banki tomonidan “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 2019 yilda 3 752 ta loyiha bo‘yicha 732,9 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq banki tomonidan Milliy matbuot markazida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ta’kidlandi. 


Shuningdek, “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish yuzasidan joriy yilning o‘tgan davridajismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlariga dastur doirasida 17 580 ta loyihaga 268,7 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.


Tadbir davomida Xalq banki tomonidan yaqinda joriy etilganOverdraft (Rolik silkasi)“Pensiya karta”lari haqida ham ma’lumot berildi. Bunday kartalar pensiya oluvchi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, bepul va besh yil muddatga ochib berilishi ta’kidlandi.
Ushbu kartalarni ochgan mijozga pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar, bank hisobidan oylik pensiyaning 50 foizigacha qismi har oyda 1,33 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi. 

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing