Akon, Big Baby Tape, Irina Kayratovna va o‘n minglab tomoshabin – Pepsi Music Fest –yanada balandroq, yanada yorqinroq!

Biznes

image

19-21 sentyabr kunlari Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 – yilning eng kutilgan an’anaviy musiqiy festivaliga aylangan jahon miqyosidagi tadbir bo‘lib o‘tadi. Yangi manzil – Central Asian Expo Uzbekistan (mo‘ljal – Yangi O‘zbekiston bog‘i) Pepsi Music Fest doirasida jahon darajasidagi yulduzlar sahnaga chiqadi va bu safar tadbir yanada kengrok qamrovga ega.

Festival 19 sentyabr kuni yangi avlod rep qahramoni Big Baby Tape’ning kuchli energiyasi bilan boshlanadi. Uning treklari bugungi kunda stadionlarni to‘ldirib, reytinglarni zabt etmoqda. O‘zbekistonlik tinglovchilar uchun bu kun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki sahnada tomoshabinlarning sevimli san’atkori Tohir Sodiqov ham sevimli taronalarni taqdim qiladi.

20 sentyabr kuni mehmonlarni yilning eng qiziqarli oqshomi kutmoqda: soat 18:00 da tomoshabinlar “Irina Kayratovna” guruhining “Beka” va boshqa shu kabi o‘ziga xos xitlaridan bahramand bo‘ladi. Mahalliy ijrochilardan esa honanda Konsta o‘z treklari bilan chiqish qiladi.

21 sentyabr kuni soat 18:00 da bo‘ladigan festivalning so‘nggi kuni unutilmas daqiqalarga boy bo‘ladi: O‘zbekistonda birinchi marta jahon sahnasi afsonasi Akon mehmonlarga eng sara qo‘shiqlarini taqdim etadi. Uning qo‘shiqlari millionlab qalblarni zabt etgan va barcha qit’alarda yangragan. Mahalliy xedlaynerlardan sahnada betakror Lola va DJ KING MACCARELA chiqish qiladi.

Pepsi Music Fest o‘zining boy tarixi bilan mashhur: o‘tgan yillarda Macan, Xcho, Willy William, Nicole Scherzinger yorqin chiqishlarini tomoshabinlarga taqdim etdilar. O‘tgan festival doirasida Toshkentdagi Hyatt Regency oldidagi maydonda 180 minggacha ishtirokchilar to‘plandi. Willy William'ning konserti haqiqiy raqs bayramiga aylandi, 20 mingta LED bilaguzukli yorug‘lik shousi esa festivalning ramziga aylanib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Nicole Scherzinger – uning jozibasi, kuchli vokali va o‘zbek tilidagi ta’sirchan “Rahmat”i tomoshabinlar qalbida abadiy muhrlanib qoldi.

Bu yilgi festival yanada ko‘proq his-tuyg‘ularni va’da qilmoqda: dronlar shousi, ajoyib mushakbozliklar va, albatta, jahon darajasidagi san’atkorlarning chiqishlari. Pepsi Music Fest O‘zbekistonning jahon musiqa sanoati uchun jozibador markazga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlaydi. Festivalga kirish bepul – Toshkent sizni 2025 yilning asosiy musiqiy tadbirida kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pepsi Music Fest Akon Big Baby Tape Irina Kayratovna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing