2021 yil voqealari suratlarda
Bu qiziq
−
02 yanvar 2022
245702021 ... Yana bir yil COVID-19 pandemiyasi, tabiiy ofatlar va siyosiy o‘zgarishlar bilan esda qoldi. Sport olamida ham o‘ziga xos yangiliklar, yutuqlar va yo‘qotishlar bo‘ldi.
Tan olish kerak, bu yil odamlar pandemiyaga barham beradigan vaksinalar va sayyorani ekologik muammolardan xalos qiladigan siyosiy yechimlar bo‘lishiga umid bog‘lagan edi, ammo qilingan ishlarga qaramay, barcha sa’y-harakatlar ham muvaffaqiyatli yakunlanmadi.
2021 yil bilan xayrlashishdan oldin, biz sizni ortga qarashga va o‘tgan 365 kunning asosiy voqealarini aks ettirgan suratlar bilan tanishishga taklif qilamiz.
Fevral oyi boshida Keniyaga cho‘l chigirtkalarining katta to‘dasi uchib keldi. Mamlakat hududlarida hasharotlarning kirib kelishi oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqardi.
Aprel oyida Hindistondagi shifoxonalar yotoq va kislorod tugaganligi sababli COVID-19 bemorlarini qabul qilishdan bosh tortdi. O‘liklar ko‘pligidan, ularning jasadlari ko‘chada yoqib yuborildi. O‘sha vaqtda kuniga 360 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, 3 ming kishi vafot etayotgani qayd etilgan. Ko‘chalar esa xuddi urush ketayotgan manzarani o‘zida aks ettirgan.
Ispaniya. Qizil Xoch xodimi Seutada qochqinni tinchlantirmoqda. May oyida Ispaniya anklaviga 8 ming muhojir yetib kelgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari. 11 sentyabr kuni Nyu-York shahrida joylashgan Jahon savdo markazida ro‘y bergan falokat qurbonlari xotirlandi.
Oktyabr oyida Ispaniyaning Palma orolida otilayotgan vulqon kullari orolda yashovchilarning uylarini qor kabi qopladi.
10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi AQSH sharqida joylashgan Kentukki shtatida tarixdagi eng dahshatli tornado sodir bo‘ldi. O‘nlab uylar vayron bo‘ldi, yuzlab odamlar vafot etdi.
May oyi o‘rtalarida Yevropa Ittifoqidan boshpana olishga umid qilgan olti mingdan to‘qqiz minggacha noqonuniy muhojir Ispaniyaning Seuta avtonom shahri hududiga o‘tib ketishdi. Ispaniya hukumati muhojirlarni mamlakatga kiritmaslik uchun armiyani safarbar qildi.
Bu yil Isroil-Falastin mojarosi dunyo hamjamiyati diqqat markazida bo‘ldi. 10 may kuni falastinliklarning HAMAS harakati Isroilning bir qator shaharlarini 45 ta raketa bilan o‘qqa tutdi. Oqibatda G‘azo sektorida yashovchi 126 arab halok bo‘ldi, 1000 ga yaqini jarohat oldi.
Suriya. Idlib viloyatidagi ko‘chirilganlar lageri.
3 may kuni Mexiko shahri metrosiga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l o‘tkazgich qulab, vagonlar yo‘lakka ag‘darilishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi.
19 noyabr kuni XV asrdan beri eng uzoq davom etgan Oy tutilishi kuzatildi. Ushbu g‘aroyib jarayon 3 soat 28 daqiqa davom etdi.
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridan kelib, Belarusda bo‘lib turgan bir necha ming noqonuniy muhojirlar. Qochqinlar o‘z mamlakatlarida hayoti xavf ostida qolgani sabab yurtini tark etgan.
"Tolibon" buyrug‘i bilan boshqariladigan Qobul ko‘chalaridan olingan surat.
AQSH. Vakillar palatasi Vashingtonda Prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishga tayyorlanayotgan paytda Milliy gvardiya a’zolari Kapitoliyda dam olmoqda.
Xitoy. Xor kuylaydigan talabalar guruhi 1 iyul kuni Pekindagi Tyananmen maydonida Kommunistik partiyaning 100 yilligini nishonlash marosimida ishtirok etmoqda.
Dana Kempbell 4 iyun kuni Elkyu shahridagi uyida emlashdan oldin garmonikada “Sen mening quyoshimsan” spektaklini ijro etmoqda.
“Tokio-2020”. Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari nafaqat sportchilarning natijalari, balki ularning emotsional holati va tasodifiy yiqilishlari bilan ham esda qoldi. Ularning qaltis yiqilishlari ba’zi hollarda jiddiy jarohatlanishiga olib kelgan bo‘lsa, ba’zi hollarda yanada motivatsiya va g‘ayrioddiy kuch tuhfa etdi.
Avgust oyida Turkiyadagi g‘ayritabiiy issiqlik tufayli mamlakatning g‘arbiy va janubiy viloyatlarida o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘inlarni o‘chirish uchun 20 ta samolyot, 51 ta vertolyot, 850 dan ortiq yer usti o‘t o‘chirish uskunalari, 150 dan ortiq yordamchi qurilish va ishchi transport vositalari, 1 ta uchuvchisiz vertolyot va barcha davlat idoralarining 5 mingdan ortiq xodimi hamda armiya, jandarm va dengiz floti ham jalb qilingan.
Polsha. Abortni taqiqlashga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari.
Germaniya. Frankfurt-na-Mayne yaqinidagi Nidderau shahrida temir yo‘lni suv bosdi.
Pandemiya 2021. Turkiyadagi baland tog‘li qishloqda COVID-19 ga qarshi emlash jarayoni.
Belgiya. Iyul oyida G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlarni suv bosdi.
“Men, albatta, qaytib kelaman”. 5 avgust kuni Messi “Barselona”dan ketdi.
Joriy yilning 6 iyunidan 21 iyuligacha bo‘lgan vaqt mobaynida Rossiya tarkibidagi Yoqutiston avtonom Respublikasining 129 nafar fuqarosi o‘rmonlarda sodir bo‘layotgan yong‘inlarning zararli tutuni sababli sog‘ligi yomonlashganidan aziyat chekib, mamlakatning davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilgan.
Kim Kardashyan Met Gala marosimiga boshdan oyoq qora kiyimda tashrif buyurdi.
Rossiya.
Netflix kompaniyasi Seuldagi Olimpiya bog‘ida o‘zining dunyoga mashhur "Kalmar o‘yini" filmining birinchi epizodida paydo bo‘lgan ulkan robot qo‘g‘irchoqning nusxasini o‘rnatdi.
Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan jurnalist Dmitriy Muratovning o‘z uyida kutib olinishi.
19 noyabr kuni Toshkentdagi avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasi oldida mamlakatda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan graffit (ko‘cha surati) paydo bo‘ldi. Surat graffitlari bilan tanilib borayotgan inkuzart taxallusli rassom tomonidan chizilgan.
LiveBarchasi