2 mlrd. Mehnat vazirligidagi moliyaviy xatolar hisoblandi
Jamiyat
−
14 dekabr 2021
4361Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida qariyb 2 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, vazirlik huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida subsidiyalar uchun 95 milliard 501 million so‘m, ishsizlik nafaqalarini to‘lash uchun 35 milliard 661 million so‘m, stipendiya xarajatlari uchun 59 milliard 900 million so‘m va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 192 milliard 67 million so‘m mablag‘lar moliyalashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 983 ta holatda 1 milliard 904 million so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan.
• Samarqand viloyatida – 357 ta;
• Qashqadaryo viloyatida – 146 ta;
• Sirdaryo viloyatida –124 ta;
• Jizzax viloyatida – 82 ta;
• Farg‘ona viloyatida – 62 ta;
• Navoiy viloyatida – 55 ta;
• Andijon viloyatida – 54 ta;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 31 ta;
• Xorazm viloyatida – 25 ta;
• Namangan viloyatida – 19 ta;
• Buxoro viloyatida – 16 ta;
• Surxondaryo viloyatida – 8 ta;
• Toshkent shahrida – 4 ta holatda maksadsiz sarf-xarajat aniqlangan.
Xususan, jamoat ishlari bo‘yicha 456 ta, ishsizlik nafaqasi bo‘yicha 371 ta, kasbga o‘qitishda 89 ta hamda subsidiya mablag‘lari yo‘nalishida 67 ta holatda qonun buzilgan.
“O‘rganishlar natijasida noto‘g‘ri va ortiqcha to‘langan mablag‘larning 406 million 686 ming so‘mi vazirlik jamg‘armalariga aybdor shaxslardan qaytarilgan”, deya ta’kidladi Mavjuda Mirzayeva.
LiveBarchasi