AQSH tez orada Sharqiy Yevropaga harbiylarini joylashtiradi – Bayden
Olam
−
29 yanvar 2022
5770AQSH rasmiylari yaqin kelajakda Sharqiy Yevropaga amerika qo‘shinlarining kichik qo‘shimcha kontingentini yuborish niyatida. Bu haqda mamlakat Prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Men AQSH qo‘shinlarini Sharqiy Yevropaga, yaqin orada NATO mamlakatlariga jo‘nataman. Biroq, ko‘p emas”, deydi Bayden.
Joriy yilning 24 yanvar kuni esa Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar Yevropaga 8 500 askar yuborishga tayyorligini, ammo bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shin jangovar, razvedka, aviatsiya, tibbiyot va transport bo‘linmalaridan iboratdir. 25 yanvar kuni esa Kirbi AQSH o‘z qo‘shinlarini Yevropada NATO ittifoqchisi bo‘lmagan davlatlar hududiga joylashtirmasligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.
Shuningdek, Rossiya 2021 yilning 17 dekabr kuni AQSH va NATOga bir qancha talablar qo‘ygandi. U alyansdan yangi a’zolarni, birinchi navbatda Ukrainani qabul qilishdan bosh tortishni, shuningdek, ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmaslikni talab qilgan.
LiveBarchasi