Toshkentda bog‘cha mudiralari majburan ishlatilyaptimi?
Jamiyat
−
27 noyabr 2021
9552Bugun, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumanida bog‘cha mudiralari va xodimlari tuman hokimligi tomonidan majburan Yunusobod 19-kvartalga ertalab soat 7:00 ga chaqirilgani va majburiy mehnatga jalb qilingani haqida videolar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva bilan bog‘landi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha mudiralari majburiy mehnatga jalb qilinayotgani haqidagi xabar keng tarqalyapti. MTV bu masalani o‘rgandi va shaxsan o‘zim Yunusobod tuman mas’ullari va tuman hokimi Jahongir Bahodirovich bilan bog‘landim. Ma’lumot berishlaricha, Yunusobod tumanida 64 ta mahalla bor va shu mahallalardagi xotin-qizlar va obodonlashtirishga mas’ul xodimlar to‘plangan. Ular orasida bog‘cha mudiralari va tarbiyachilari yo‘q. 180 nafarga yaqin ayol yig‘ilishiga sabab esa atrofni obodonlashtirish bo‘yicha hashar e’lon qilingan va 19-kvartaldan hashar ishlari boshlangan”, deydi vazirlik vakili.
Asqarxo‘jayevaning aytishicha, “Yashil makon” dasturi doirasida daraxt ekish uchun Yunusobod tumanida faoliyat olib boradigan bog‘cha mudiralari ishga chaqirilgan.
“Bugun ishga jalb qilingan mudiralar aynan “Yashil makon” dasturi doirasida MTT hududiga daraxt ekish uchun jalb qilingan. Lekin bog‘cha hududidan tashqari yoki mahallalar orasini tozlash uchun emas. Yana bir narsani alohida aytish kerak, daraxt ekish jarayoni ham majburiy amalga oshirilgani yo‘q”, deydi MTV Matbuot xizmati rahbari.
LiveBarchasi