Qirg‘iziston Prezidentining samolyoti Britaniyaga kiritilmadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning samolyoti texnik talablarga javob bermagani uchun Buyuk Britaniyaga kiritilmadi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tayotgan  BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammitiga yo‘l olgan edi. Texnik sabablarga ko‘ra, Prezidentning samolyoti kiritilmagach, Qirg‘iziston delegatsiyasi shaxsiy samolyotni ijaraga olishga majbur bo‘lgan. 

“Davlat rahbari uchayotgan 1-sonli bort – TU-154 samolyoti Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning texnik standartlariga javob bermaydi. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston tomoniga ushbu turdagi samolyotlarni mamlakatda qo‘ndirishning iloji yo‘qligi haqida xabar berildi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, Japarov Glazgoga “Embraer Lineage 1000” xususiy samolyotida uchgan. Prezident, allaqachon, Buyuk Britaniyaga yetib borgan va u ertaga, 2 noyabr kuni sammitda nutq so‘zlaydi.

Ma’lumot o‘rnida, bort raqami  1-Tu-154 bo‘lgan samolyot Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Qurmanbek Bakiyevga 2006 yilda Rossiya rahbari Vladimir Putin tomonidan sovg‘a qilingan. Ushbu samolyot 1993 yilda ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2026

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing