Andijonda piyoda Captiva urib yuborishi oqibatida vafot etdi 

3-sahifa

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Andijon viloyatida Captiva piyodani urib yubordi. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, piyoda shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 16:00 da viloyatning Andijon tumani hududidan o‘tgan 4P-17D avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Avtomashina yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan 63 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan. 

Aniqlanishicha, ushbu yo‘l transport hodisasini Andijon shahrida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro U.N. o‘zining boshqaruvidagi Captiva rusumli mashinada sodir etgan. 

Qayd etilishicha, YTH sodir bo‘lgan joyga yaqin hududlarda o‘rnatilgan kamera yozuvlari jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlashda qo‘l kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing