Qabr ustidagi qizaloq, soqol-mo‘ylov chempionati, Amerikaga oshiqqan muhojir – Hafta suratlari

Bu qiziq

image

Oxirlayotgan hafta davomida dunyo miqyosida qiziqdan-qiziq voqealar yuz berdi. Qayerdadir davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan bo‘lsa, boshqa yerda esa boks bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi. Hindistonda bezgak bilan kasallanish avj ko‘paysa, Ispaniyada hamon vulqon otilishi davom etmoqda.

Ha, dunyoda har kuni juda ko‘p g‘aroyib voqealar yuz beradi. Ushbu hafta ham ulardan mustasno emas. Keling, bugun haftaning eng muhim va qiziqarli voqealarini aks ettirgan suratlarni tomosha qilamiz.

Joriy yilning, 26 oktyabr kuni Qorabog‘ning Fuzuli shahrida yangi aeroport ishga tushirildi. Havo bandargohini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ochib berdi. 

Ahamiyatlisi Erdo‘g‘anning samolyoti Bakuga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qorabog‘ga qo‘ndi. Shu tariqa Turkiya yetakchisi Fuzuli aeroportiga borgan ilk davlat rahbari bo‘ldi. Aliyev va Erdo‘g‘an tasmani kesib, aeroportni ochib berdi. Ularga Fuzuli xalqaro aeroportining ramziy kalitlari topshirildi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Jahon chempionati oldidan qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Ushbu tadbirda AIBA prezidenti Umar Kremlyov ham ishtirok etdi. 

Jahon chempionatining ochilish marosimida eng og‘ir vaznli bokschi Lazizbek Mullajonov O‘zbekiston bayroqdori vazifasini bajardi.

Joriy yilning 25 oktyabriga o‘tar kechasi Sudan harbiylari o‘tish davri fuqarolik hukumati a’zolarini, jumladan, Bosh vazirni hibsga oldi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. 

Mamlakatda tartibsizliklar boshlandi. Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. 

Yaponiya malikasi Mako oddiy yigitga turmushga chiqdi va qirollik xonadoni a’zosi maqomini yo‘qotdi. Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, imperator oilasining ayol a’zolari oddiy fuqaro bilan turmush qurganidan so‘ng, o‘z unvonini yo‘qotadi, biroq erkaklar uchun bunday qonun yo‘q. 

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 26 oktyabr kuni kansler Angela Merkelga uning kanslerlik vakolati muddati yakunlangani to‘g‘risida rasmiy xabarnomani topshirdi. Endi sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalari bo‘yicha yangi hukumat shakllantirilgunga qadar Merkel mamlakatni kansler vazifasini bajaruvchi maqomida boshqarib turadi. 

Mamlakatning yangi kansleri Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Olaf Shols bo‘lishi kutilmoqda, u so‘nggi uch yil davomida hukumatda vitse-kansler lavozimida ishlagan. 

Netflix kompaniyasi Seuldagi Olimpiya bog‘ida o‘zining dunyoga mashhur "Kalmar o‘yini" filmining birinchi epizodida paydo bo‘lgan ulkan robot qo‘g‘irchoqning nusxasini o‘rnatdi.

Glazgoda iqlim konferensiyasi ochilishi oldidan Ocean Rebellion ekologik tashkilotining norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Filippinning Masantola shahridagi suv bosgan qabristonda qabrlar ustidan sakrab yurgan qiz.

Ispaniyaning Palma orolida bir oydan buyon Kumbre-Vexa vulqoni otilishi davom etmoqda. Lava oqimlari taxminan 740 gektar maydonni yoqib yuborgani aytilgan. Mutaxassislarning fikricha, lava 400 dan ortiq binolarni vayron qilgan, ularning aksariyati turar-joy binolari.

Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan “Soqol va mo‘ylov chempionati–2021”ning avstriyalik ishtirokchisi Norbert Dopf.

AQSHda Xellouin bayrami oldidan odamlar qovoq terayotganda bola pianino chalyapti.

Hindistonda denge bezgagi bilan kasallanish holatlari keskin oshgani sababli Nyu-Dehlidagi ko‘chalar dezinfeksiya qilinmoqda.

Chexiyada an’anaviy sazan baliqlari ovi bo‘lib o‘tdi.

Meksikada AQSH chegarasini kesib o‘tishni maqsad qilgan muhojirlardan biri toshlar ustida mizg‘imoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing