O‘zbekiston ayollar tinchligi va xavfsizligi bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Ayollar tinchligi va xavfsizligi global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o‘rinni egalladi. Reyting ayollarning xavfsizligi, ish bilan bandliligi, ularning parlamentdagi ulushi, kamsituvchi normalar singari kategoriyalar asosida tuzilgan.

WPS Index’ga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda ayollarning maktabda ta’lim olganligining o‘rtacha davomiyligi 11,6 yilni tashkil etgan. 2017 yilda ushbu ko‘rsatkich 11,2 bo‘lganligi qayd etilgan.

Indeksga asosan O‘zbekistonda ayollarning ish bilan bandliligi 48,7 foizni, mobil telefondan foydalanishi 76,5 foizni tashkil etgan.

Reytingda qayd etilishicha, O‘zbekistonda ayollarning moliyaviy mustaqilligi 2017 yilga nisbatan 8,4 foizga pasayib, 36 foizni tashkil etgan. 2017 yilga nisbatan parlamentdagi ayollar ulushi 16,4 foizdan 28,7 foizgacha oshgan.

Diskriminatsion normalar 32 foizni tashkil etadi. Ayollarga nisbatan huquqiy diskriminatsiyaning yo‘qligi 2017 yilga nisbatan 9,6 ballga ko‘tarilib, 70,6 ballni tashkil etdi.

Ayollarning jamoat xavfsizligini qabul etish ko‘rsatkichi ham shu vaqt ichida 90,3 foizdan 85,7 foizgacha pasaygan.

WPS Index’ga ko‘ra, ayollarning amaldagi jinsiy sherigi tomonidan zo‘ravonlikka uchrash ko‘rsatkichi 2021 yilda 7,3 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, reytingda birinchi o‘rinni Norvegiya egallagan. Kuchli beshtalikka Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Lyuksemburg yakun yasagan. Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Pokiston va Iroq ayollar uchun eng xavfli davlatlar sifatida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing