Hozir Afg‘onistondagi ijtimoiy hayot qanday? Qobul ko‘chalaridan fotoreportaj
Bu qiziq
−
22 Oktabr 2021
15609Amerikaliklar ketdi, Afg‘oniston hukumati quladi va “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Toliblar tuzgan hokimyat moliyaviy inqirozlarga duch keldi, qarzlari ko‘pligi sabab ba’zi davlatlar ularga elektr energiyasi yetkizib bermasligini aytdi. Harakatning asosiy daromadi bojxona va soliqlardan tushadigan bo‘lib qoldi.
Oppoq to‘y libosidagi, lablari qip-qizil kelinlarning ko‘chalardagi suratlari bo‘yab ketildi. Ayollar yorqin rangli ro‘mollarini qorasiga, liboslarini uzuniga alishtirdi.
BBC'ning yozishicha, Qobul hamon yo‘llar tiqilinch bo‘lgan shahar. Banan va olma ortilgan yog‘och aravalar ming‘illab o‘tib turadi, ko‘chalarda ustiga eski kiyim kiygan bolalar bir-biri bilan mushtlashadi. Ochlik va qiyinchilikda yashovchi millionlab afg‘onlar uchun hayotlarida deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Eski tartibning qulashi va yangisining qurilishi asnosida o‘tayotgan bu kunlar ular uchun avvalgidan farqli emas.
Bugun QALAMPIR.UZ e’tiboringizga "Tolibon" buyrug‘i bilan boshqariladigan Qobul ko‘chalaridan olingan fotoreportaj va mamlakatdagi hozirgi vaziyat haqida turli faktlarni taqdim etmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining oxirgi prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishi mumkin. Bu millionlab odamlarning qashshoqlashib ketishi va ayanchli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkin.
Chet el aktivlari muzlatilishi ortidan Afg‘onistonda naqd pul yetishmasligi yuzaga keldi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi keskin qimmatlashib ketdi.
Millionlab odamlar mamlakatda qashshoqlikda yashayapti. Ularga yordam berishi mumkin bo‘lgan Markaziy bankning xorijiy davlatlardagi 9 mlrd dollar zaxiralari muzlatilgan.
Qobul hali ham yangi hayotning shakllanishini kutayotgan shahar.
Ochlik Afg‘onistondagi ko‘plab inqirozlarning eng yomoni bo‘lishi mumkin.
Ayni vaziyatda ko‘plab davlatlar va tashkilotlar Afg‘onistonga "terrorizmni moliyalashtirish"dan o‘zlarini tiyish uchun pul ajratishni to‘xtatganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi