Jerar Deparde bizning kinofestivalda!

Biznes

image
0:00
0:00
download

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida 1 oktyabr kuni «O‘zbekfilm» binosida taniqli fransuz aktyori Jerar Deparde bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda aktyor o‘zining bolalik davri haqida so‘zlab berdi, filmlarni suratga olish vaqtidagi hikoyalar va kino sohasining kelajagi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

U hatto hazillashib shunday dedi: «Balki menda o‘zbek qoni bordir, chunki men O‘zbekiston tarixiga juda qiziqaman. Shuning uchun men O‘zbekistonda film suratga olishga qaror qildim". Ta’kidlash joizki, Jerar Deparde O‘zbekiston madaniyati elchisi hisoblanadi.

Mashhur aktyor O‘zbekistonga avval ham kelganini aytib o‘tdi va o‘zining iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, kinofestivalga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.

"O‘zbekiston hukumatining milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq. Ko‘rib turibmizki, o‘zbek kinematografiyasining kelajagi sifatida yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Deparde.

Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing