Koronavirus: kunlik kasallanish holatlari 400 ga tushdi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2021 9040 1 daqiqa
2021 yil 26 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172493 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 403 kishida kasallik aniqlandi, 3 nafar bemor vafot etdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 29 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 10 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 7 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 15 nafari Namangan viloyatida,
- 36 nafari Samarqand viloyatida,
- 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 7 nafari Xorazm viloyatida,
- 90 nafari Toshkent viloyatida,
- 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 nafar,
- Andijon viloyatida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 13 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Namangan viloyatida 12 nafar,
- Samarqand viloyatida 38 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 17 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 16 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 29 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Toshkent viloyatida 109 nafar,
- Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 167199 (+418) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1225 nafarni tashkil qildi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr