“Shevrole, shevrole” – “UzAutoMotors” ustidan endi qozoqlar ham kulyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining milliy avtomobillarni sotib olish uchun uzundan-uzun navbatda turishi Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortdi.

“Xabar 24” nashri O‘zbekistonda hozirgi kunda avtomashina sotib olishni istagan odamlar 30 mingtaga yetganini, pulini to‘lab qo‘ygan odamlar yarim yil kutib turganda mashina ishlab chiqaradigan “UzAutomotors” AJ Tojikistonda savdo markazini ochganini ta’kidlagan.

“O‘zbeklar o‘zining mashinasini minolmayapti. Chevrolet avtomoshinasini sotib olish uchun o‘z navbatini uch oydan olti oygacha kutishi kerak. Navbat uchun 30 mingacha yetdi”, deyiladi qozoq nashri efirida.

“Xabar 24” stritart yo‘nalishida ijod qiluvchi InkuzArt mamlakatda avtomobil sanoati monopollashganini ko‘rsatuvchi asar yaratganini, biroq bu yo‘q qilinganini qo‘shimcha qilgan.

“Mazkur masalani stritart yo‘nalishida ijod qiluvchi InkuzArt rasm orqali hal qilmoqchi bo‘ldi. Lekin qo‘lidan kelmadi. Ushbu rasmlarni bir kun o‘tishi bilan obodonlashtirish bo‘limi o‘chirib tashladi. O‘zbeklarning bu kabi holatlardan jahli chiqsada lekin kamera oldida, hech nima deya olmadi”, deydi nashr muxbiri.

Shundan so‘ng, jurnalist mahalliy ishlab chiqaruvchining mijozlari bilan suhbatlashgan. Ulardan biri Damas olish uchun navbatini bir yil kutishi kerakligini aytgan.

“Damas olishga borgandim 10-15 kunda olib ketishingiz mumkin, navbatingiz 500-600 o‘rinda deyishdi. Keyingi kuni borsam, sizning navbnatingiz keyingi yil keladi dedi”, deya ahvolni tushuntirgan shaxsi ochiqlanmagan suhbatdosh.

Mashina ololmay sarson bo‘layotgan boshqa bir mijoz kompaniya mashinani O‘zbekiston aholisiga yetkaza olmayotganda, Tojikistonda ham savdo ofisi ochganidan norozi bo‘lgan.

“Salonga borib, mashina olmoqchi bo‘lsang, navbating kelasi yil keladi, deyishadi. Sababini so‘rasak, mashina kam chiqyapti deya bahona qilishadi. O‘zbekiston o‘z aholisiga mashina yetkaza olmayotgan bir paytda, kompaniya Tojikistonda o‘z faoliyatini boshlab, mashina sotmoqda”, deydi mijoz.

Qozoq nashri vaziyat yuzasidan “O‘zavtosanoat” AJ matbuot kotibi Zumrad Shojalilovadan izoh olgan.

“Bu masala bizga bog‘liq emas. Butun dunyoda COVID-19 tufayli kompaniyalar yopildi va shu sababli ham O‘zbekistonga mashinalar uchun mikrosxemalarning kirib kelishi sekinlashdi. Zavodlarimizda mashinalar chiqishi kamaygan bo‘lsa ham, lekin to‘xtamadi. Tojikistonda dilerlik markazimizni ochdik. Mikrosxemalarning tanqisligi qachon tugashini oldindan ayta olmayman”, deydi kompaniya vakili.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli avtomobillar uchun mikrosxemalarning tanqisligi 23 foizga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida Toshkentda avtomobil sanoatidagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit paydo bo‘lgandi. Biroq qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan surat ko‘p o‘tmay o‘chirtirib tashlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing