Toshkentda yangi Hills Blue turarjoy majmuasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Biznes
−
16 Sentabr
507912 sentyabr kuni Toshkent shahrida Hills Blue turarjoy majmuasida xonadonlar sotilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir mehmonlari taqdimot doirasida o‘zbek zamonaviy estrada yulduzlarining chiqishlaridan bahramand bo‘lib, taqdimotning kulminatsion nuqtasi – kechki mushakbozlik manzaralari bilan zavqlandi.
Loyihaning asosiy buyurtmachisi qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega Hills Group kompaniyasidir.
“Biz hamkorlar bilan birga 2 yildan ziyod vaqt Hills Blue turarjoy majmuasi loyihasini tayyorladik. Loyihaning me’moriy jihatiga Turkiyaning “Hasan Sözüneri Mimarlık” kompaniyasi mas’ul bo‘ldi, texnik nazoratni esa, Fransiyaning “Burau Veritas” inspeksiya-sertifikatlash kompaniyasi amalga oshirdi, qurilish bilan bog‘liq barcha masalalarni “Aysel Group” o‘z zimmasiga oldi. Barcha hamkorlar o‘z sohalarida yetakchi ekspert sanaladi. “Aysel Group” hisobida O‘zbekiston Milliy banki, InfinBANKning binolari, “Tashkentlend” akvaparki, Grand Mir mehmonxonasini qurish, shuningdek, Urganch, Buxoro va Samarqand aeroportlarini qayta ta’mirlash kabilar mavjud”, deydi Hills Blue loyihasi rahbari Azizbek Karimov.
Hills Blue joylashuvi va texnik jihatlari
Zamonaviy arxitektura Hills Blue’ning noyob joylashuvi bilan uyg‘unlashadi. Turarjoy majmuasi poytaxtning markaziy tumanlaridan birida, shu bilan birga, shahar shovqinidan chetda joylashgan. Majmuadan bir qadam narida masjid, soya-salqin Yapon bog‘i va Toshkentdagi eng katta akvapark mavjud, mashinada esa bir necha daqiqada Hayvonot bog‘i va Botanika bog‘iga yetib olsa bo‘ladi. Bodomzor metro bekatigacha piyoda 5 daqiqa ichida yetib olish mumkin.
Hills Blue TJM – keng ko‘lamli loyiha, u 44 qavatli markaziy binoni va beshta 22 qavatli turarjoy bloklarini hamda yana bir qancha ko‘p qavatli binolarni o‘z ichiga oladi. Loyihada yana hashamatli restoran, ko‘plab do‘konlar va ofislar, jamoat hududlari va yashillikka burkangan obodonlashtirilgan hududni yaratish ko‘zda tutilgan.
“Biz loyihaning har bir jihatiga: zilzilabardoshlikdan to ekologik tozalikkacha e’tibor berdik. Masalan, O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan seysmik sinovlarni o‘tkazish uchun yapon mutaxassislarni taklif etdik. Majmua binosining yuqori zilzilabardoshligini qoziqoyoqli poydevor konstruksiyasi ta’minlaydi, unda yuqori toifadagi A500 klassdagi 51 664 tonna temir armatura va M600 klassdagi beton ishlatilgan. Majmua quyosh panellaridan to generator va suv rezervuarigacha – har qanday sharoitda siz uchun qulay hayotni ta’minlaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan”, deydi “Hasan Sözüneri Mimarlık” me’morlik kompaniyasi rahbari Hasan Sozuneri.
Sotuv uchun xonadonlar turlari va boshqa qulayliklar
Sotuvga turli maydonga ega (birdan to‘rt xonagacha), balkonli 2700 dan ortiq alohida xonadon qo‘yiladi, bu turli xil oilalar ehtiyojlariga muvofiq keladi. Xonadonlar white-box – yakuniy pardozlashdan oldingi holatda sotiladi: ularda barcha devorlar va xona bo‘linma pardevorlari, kommunikatsiyalar va deraza romlari o‘rnatiladi. Har bir oila yakuniy dizayn-loyihani o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, amalga oshirishi mumkin.
Yerosti avtoturargohi elektromobillar sohiblari uchun quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanadi. Undan xonadongacha yuqori texnologik, tezkor liftda qulay va xavfsiz ko‘tarilish mumkin. TJM loyihasida generator va suv uchun umumiy rezervuar ko‘zda tutilgan. Tomlarda ekologik va tejamkor quyosh generatsiyasi tizimlari o‘rnatilgan, ular issiq suv ta’minotini kafolatlaydi. Hills Blue rezidentlarining tinch va osuda hayotini hech narsa buzmasligi uchun, xonadonlar o‘rtasida tovush izolyatsiyasiga alohida e’tibor berilgan.
TJM rezidentlari uchun yana ko‘plab jamoat maskanlari: qumli va rangli terapiya xonalari, tuz va qor xonalari, yopiq basseyn, spa-lobbi, yoga studiyasi, va 18-qavatda butun boshli ochiq turdagi sport majmuasi muhayyo. Ushbu ochiq sport majmuasi xuddi yerdagi an’anaviy sport hududlari kabi sayr qilish va yugurish uchun yo‘lakchalarga ega. U 360 gradusli panorama ko‘rinishga ega.
Asosiy 44 qavatli binoning pastki qavatlarida ishchi hududlar, yuqori qavatida esa, oval minorada hashamatli restoran joylashgan, u yerda poytaxtning ajoyib manzarasi namoyon bo‘ladi. Bloklar atrofini landshaft dizayni, sport maydonchalari va sayr hududlariga ega ko‘kalamzor hudud qamrab oladi.
Loyiha Asia Pacific Property Awards 2024 (Tailand) mukofotida 3 ta nominatsiyada eng yaxshi deb topildi. Loyihaning me’moriy jihatiga Turkiyaning “Hasan Sözüneri Mimarlık” kompaniyasi, texnik nazoratga esa Fransiyaning “Burau Veritas” inspeksiya-sertifikatlash kompaniyasi mas’ul bo‘ldi.
Hills Blue TJMda xonadonlar sotib olish to‘g‘risida batafsil axborotni kompaniya ofisida olish mumkin.
Telefon: +998 55 516 55 55
Sayt: hillsblue.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi