Toshkentda YeXHTning OAV bo‘yicha konferensiyasi ish boshladi

Jamiyat

Xabaringiz bor, bugun, 9 sentyabr kuni “Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyatini oshirish” mavzusida YeXHTning 23-Markaziy Osiyo OAV konferensiyasi boshlandi.

Unda YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyru, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari bo‘yicha koordinatori, loyihaviy faoliyat bo‘yicha bosh mutaxassis Xans-Ulrix Im, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik konferensiyaning birinchi sessiyasida Ijtimoiy axborot: qadriyatlar, mazmun va strategik dilemmalar. Markaziy Osiyoda ijtimoiy axborot materiallarining qabul qilinishi yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Tereza Ribeyru jurnalistlarning erkinligi kabi masalalarda so‘z yuritdi.

"Biz uchun bu konferensiya juda muhim hisoblanadi. Shuningdek, jurnalistlarga, jamiyat uchun foydali bo‘ladi. Media sohasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi, deya umid qilaman”, deydi Ribeyru.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston mediasi ko‘p yutuqlarga erishgan. Aytish kerakki, erkinliksiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Agar media sohasida erkinlik bo‘lmasa, jamiyatda o‘zgarish bo‘lmaydi, o‘smaydi.

Shuningdek, konferensiyada  Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda so‘nggi besh yil ichida ommaviy axborot vositalarining samarali rivojlangani, ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha mamlakat TOP-5 davlatlar qatoriga kirishi haqida gapirib o‘tdi. 

“2016 yilda biz davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi yo‘nalishini belgilab oldik va bu besh yil mobaynida biz oraliq natijalarni jamlashimiz mumkin. Menimcha, O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarining ko‘pi so‘z erkinligiga munosib yaxshigina e’tibor berishdi. 

So‘nggi besh yilda OAV tez va samarali rivojlandi. Biz turg‘unlikdan raqobatbardoshlikka o‘tdik. Va bularning barchasi xalqaro hamjamiyat nazorati ostida”, deydi Mirziyoyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda sakkiz tilda 1 893 ta ommaviy axborot vositasi bor, demak, har bir muhim yangilik, qaysi mintaqadan bo‘lishidan qat’i nazar, respublika miqyosida, ba’zan esa jahon miqyosida bo‘ladi.

“Ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha O‘zbekiston TOP-5 davlatlar qatoriga kiradi. Open Data Inception statistik ma’lumotlariga ko‘ra, biz bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSH, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan bir o‘rindamiz. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga to‘liq kirish imkoniyati mavjud. Har bir vazirlik va idorada jurnalistlarning savollariga javob beradigan matbuot xizmati mavjud”, deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, ushbu konferensiya O‘zbekistonda uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda va u ikki kun: 9 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing