“Real” Ramosning o‘rnini “Chelsi” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubining germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger qishki transfer mavsumida “arsitokratlar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda “Albawaba” nashri xabar bermoqda. 

Manbaning ta’kidlashicha, “qirollik” klubi Ryudigerning ingliz klubidagi holatini kuzatib bormoqda. Tomonlar 2022 yil yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha haligacha kelishuvga erishmagan. Madridliklar futbolchini kelasi yozda tekinga qo‘lga kiritishni, hamda imkon bo‘lsa yanvardayoq u bilan shartnoma imzolashga tayyor. Chunki, o‘tgan yozda himoyachi Serxio Ramos bilan yangi shartnoma imzolanmadi va “el-kapitano” PSJga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. Shu sababli, madridliklar himoya qo‘rg‘onida bo‘shliq yuzaga kelgan. “Qaymoqranglilar” rahbariyati fikriga ko‘ra, Antonioni sotib olish orqali, ushbu muammoni bartaraf etish mumkin.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Ryudiger London klubida yiliga 12 million yevro ishlab topishni xohlamoqda. Ammo, “Chelsi” ushbu summani biroz kamaytirish borasida ishlar olib bormoqda. Ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan “Real Madrid” nemis futbolchisining talabini bajarishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, nemis futbolchisi 2017 yilda Rimning “Roma” klubidan 25 million yevro evaziga “Chelsi” safiga borib qo‘shilgandi.

Ryudiger APLning joriy mavsumida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 

Transfermarkt portali himoyachining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing