O‘zbekistonda qancha 20 000 va 2 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarildi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, joriy yilning 14 iyunidan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan yangi banknot muomalaga chiqarildi. QALAMPIR.UZ tahririyati ushbu banknotlar bugungi kungacha qancha miqdorda ishlab chiqarilgani va qaysi sabablarga ko‘ra ishlab chiqarilgani to‘g‘risida ma’lumotni olish maqsadida Markaziy bankga so‘rov xati yubordi. 

Markaziy bankning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, 52 mlrd 800 mln so‘m qiymatga teng 2 000 so‘mlik banknot hamda 400 mln so‘m qiymatga teng 20 000 so‘mlik banknotlar ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, QALAMPIR.UZ tahririyatining 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknotlar qaysi asoslarga ko‘ra muomalaga chiqarildi, degan savoliga Markaziy bank quyidagicha javob qaytardi:

“Mazkur nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarishdan maqsad – aholi uchun naqd puldagi hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulayliklar yaratish hisoblanadi”.

Ma’lumot uchun, oxirgi 5 yilda beshta yangi banknot muomalaga chiqarilgan bo‘lib, bular yillar kesimida quyidagilar:

•  10 000 so‘mlik – 2017 yil 10 mart;
•  50 000 so‘mlik – 2017 yil 27 avgust;
•  100 000 so‘mlik – 2019 yil 25 fevral;
•  2 000 va 20 000 so‘mlik – 2021 yil 14 iyunda ishlab chiqarilgan. 

2017 yilgacha eng yirik banknot 2013 yilda ishlab chiqarilgan 5 000 so‘mlik nominaldagi banknotlar edi. Unga qadar esa 2001 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 so‘mlik eng yirik banknot hisoblangan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 100 000 so‘mlik  eng yirik banknot hisoblanadi. 

Qo‘shni davlatlarda eng yirik nominaldagi banknotlar: 

•  Qozog‘istonda 10 000 tenge – 2003 yilda;
•  Tojikistonda 500 somoni – 2010 yilda;
•  Qirg‘izistonda 5000 som – 2016 yilda; 
•  Turkmanistonda 100 manat – 2014 yilda muomala kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing