Juma namozlarini o‘qishga ham vaqtincha taqiq o‘rnatildi
Jamiyat
−
16 iyul 2021
10908Biroz avval, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining masjidlarda o‘qilinmasligi, o‘rniga Zuho namozi o‘qilishi xususida fatvo e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu fatvoga ko‘ra, mamlakatdagi barcha masjidlarda juma namozining o‘qilishiga ham vaqtincha cheklov o‘rnatildi.
Juma namozlaridan boshqa namozlar barcha karantin talablariga rioya qilgan, ya’ni niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi. Masjidlarda qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Isitma, yo‘tal kabi kasallik alomatlarini o‘zida his qilganlar, keksalar va kichik yoshdagi bolalarga jamoat namozlarida ishtirok etish tavsiya etilmaydi.
Musulmonlar idorasi mamlakatda koronavirus xavfi ortib borayotganidan ogohlantirib, dindorlarni emlanishga, karantin qoidalariga rioya etishga chaqirgan.
LiveBarchasi