AQSH Lukashenko tanqidchisini ushlagan Belarus rasmiylariga jazo tayinladi

Olam

image

AQSH Federal prokuraturasi 2021 yil 23 may kuni “Ryanair” aviakompaniyasining Afina (Gretsiya) – Vilnyus (Litva) yo‘nalishida 4978-raqamli reys bilan uchgan samolyotini Belarus Respublikasi ustidan o‘tayotganda uchoq bortida bomba borligi haqidagi yolg‘on ma’lumot bilan ataylab Minsk aeroportiga qo‘nishga majbur qilgan Belarus havo navigatsiya xizmati xodimlariga ma’muriy jazo tayinladi.

Federal prokuratura qaroqchilik harakatlari uchun Belarus havo navigatsiyasi agentligi direktori Leonid Churo, “Belaeronavigatsiya” Respublika havo navigatsiyalar xizmati unitar korxonasi rahbari va yana uchta Belarus rasmiysiga jazo belgiladi.

Belarus havo navigatsiya xizmati xodimlarining samolyotni qo‘ndirish uchun yolg‘on ma’lumot berishiga sabab samolyot bortida bo‘lgan Belarus hukamatining ashaddiy tanqidchisi, jurnalist, 26 yashar Roman Protasevichni hibsga olish bo‘lgan.


 
Ayblov haqida batafsil ma’lumotlarni oshkor qilgan Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligiga ko‘ra, shaxsan Leonid Churo samolyot bortida portlovchi modda borligi haqida xabar berib, samolyotni zudlik bilan Minsk aeroportiga qo‘ndirishni buyurgan. 

Voqelar rivoji Minsk aeroportida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko haqida shov-shuvli xabarlar tarqatgan jurnalist Roman Protasevich va uning sevgilisi hibsga olinishi bilan yakunlanadi. 

Protasevich 2020 yil Belarus prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlarda Aleksandr Lukashenkoning nomzodini rasmiy tan olmaslikka da’vat qilgan chiqishlari bilan omma e’tiboriga tushgan. 

U Lukashenko rejimiga qarshi to‘xtovsiz ayblovlar uyushtirgan “Nexta” Telegram’ kanalining asoschisi hisoblanadi. 

Hibsga olinganidan so‘ng, u Belarus sudi tomonidan saylovdan keyingi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirtganlik va xalqni qo‘zg‘alonga undaganlikda aybdor deb topilgan.

2021 yil iyun oyida Protasevich Belarus televideniyesida ko‘rinish berib, barcha tartibsizliklarni o‘tkazishda aybdorligini tan olgan. 

2021 yil dekabr oyida esa uning jazosi yopiq tartibli qamoqdan uy qamog‘iga o‘zgartirilgan.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing