Ashraf G‘ani “Tolibon”ni Afg‘onistonni yo‘q qilishga urinishda aybladi
Olam
−
21 iyun 2021
16301Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatda davom etayotgan urushda “Tolibon” harakatini aybladi va javobgar ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hukumat aholi va afg‘on jamoalari tomonidan ommaga e’lon qilingan kelishuv rejasini tayyorlagan, ammo “Tolibon” harakatida hali ham ushbu reja yo‘q.
Ashraf G‘ani joriy yilning19 iyun kuni, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklariga vazirlarning yangi nomzodlarini tanishtirar ekan, hukumat kuchlari urush paytida ham inson huquqlariga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmagani, “Tolibon” esa insonparvarlik huquqining barcha normalarini buzgan holda mamlakatni yo‘q qilishga harakat qilayotganini qayd etgan.
Shuningdek, u tinch aholi orasida qurbonlar sonining ko‘payishiga “Tolibon”ning so‘nggi hujumlari ortida ma’lum doiralar turganini aytib, xalqaro hamjamiyatni “Tolibon”ning harakatlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Rasmiylar esa Afg‘onistondagi zo‘ravonlik va beqarorlik xorijiy qo‘shinlarning mamlakatdan chiqishi boshlanganidan beri kuchayganini ta’kidlayapti.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH kuchlari 1 may kuni rasmiy ravishda mamlakatdan chiqib ketishni boshlagach, toliblar 1455 ta qurolli hujum uyushtirib, shuningdek, mahalliy vositachilik orqali 50 dan ortiq tumanlarni egallab olishdi.
“The New York Times” nashrining xabar berishicha, 25 iyun kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Prezident Bayden bilan Oq uyda AQSH qo‘shinlarini olib chiqish masalasini muhokama qilish uchun uchrashishni rejalashtirtgan.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi