Sudlarning oqlov hukmida ijobiy inqilob bo‘ldimi?

Tahlil

image

Sud tomonidan chiqarilayotgan hukm shaxsni qayta tarbiyalash, kelgusida ushbu jinoyatni qayta sodir etmaslik, jamiyatga va fuqarolarga xavf tug‘dirmaslik, hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligini anglab yetishi uchun tayinlanadi. Sudlanayotgan shaxs har doim ham jazoga tortilmasligi, aksincha u oqlanishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Sudlar hukmi to‘g‘risida”gi plenum qarorida “Ishda to‘plangan dalillarning yetarli emasligi, dalillar qonunga zid ravishda olinganligi sababli ular dalil hisoblanmasligi yoki qo‘yilgan ayblovda sudlanuvchining to‘liq aybdorligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yo‘qligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tilgan. 

Yuqorida keltirib o‘tilgan ta’rif bir qancha sovollarni keltirib chiqaradi. Nega shaxs aynan sudga kelib oqlanishi kerak, nega tergov jarayonining o‘zidayoq qisman bo‘lsa-da haqiqat qaror topishi kerak emas, nega Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan holatlar, ya’ni jinoiy hodisaning yoki jinoyat tarkibining bo‘lmasligi, jinoyat sodir etilishiga shaxs daxldor emasligi to‘g‘risidagi asoslar  aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarish o‘rniga, aksincha, bir qancha asossiz ayblovlarni keltirib jinoyat ishini sudga oshirishi kerak?

Agar shaxs sud yakunida oqlansa, ya’ni aybsizligi isbotlansa, unda tergov organlari tomonidan surushturivlar, to‘plangan dalillarning muqobilligi masalasi qayerda qoladi? Tergov jarayonida to‘plangan dalillar, ma’lumotlar va surushtiruv jarayonlari natijasida qisman bo‘lsa-da haqiqiat yuzaga kelishi uchun xizmat qilishi zarur. Lekin sud yakunida shaxsning to‘laqonli aybsiz deb topilishi va oqlanishi tergov organlari tomonidan haqiqatni yuzaga kelishida yetarli dalillar va ma’lumotlar to‘play olmaganligi, hamda jinoyatni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilganligidan dalolat beradi. 

Darhaqiqat, oxirgi paytlarda tergov organlari tomonidan jinoyatni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, shaxsga nisbatan jinoyatga daxldor bo‘lmagan bir qancha ayblovlarni qatorlashtirib qo‘yish, shaxsning aybsizlik prezutsiyasiga rioya qilmaslik, uning qonuniy huquqlari buzulishi tez-tez uchrab turibdi. Masalan, Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldasheva va surxandaryolik bloger Otabek Sattoriyning jinoyat ishlari bo‘yicha tergov organlari tomonidan qo‘yilgan ayblovlarning bir qanchasi sud tomonida bekor qilingani va tergov protsessini olib borgan tergovchilarga nisbatan sud tomonidan xususiy ajrim chiqarilgani yuqoridagilarga yaqqol misol bo‘la oladi. Tergov organlarinning bunday xatolarini to‘g‘rilash va shasxni aybsiz deb topish masalasi sudlar zimmasiga tushmoqda.

“QALAMPIR.UZ” o‘tgan davr mobaynida va yillar kesimida Sudlar tomonidan qancha oqlov hukmi chiqarilganini bilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudiga so‘rov xati yuborgandi. 

Oliy sud tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilga qadar ya’ni 2007-2016 yillar mobaynida jami 138 nafar shaxs oqlangan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatgich 2016 yildan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida tez suratlarda yuqorilagani e’tiborlidir. Shu jumladan, 2017-2020 yillarda  2770 nafar shaxs (yillar kesimida):

•  2017 yilda – 263; 
•  2018 yilda – 867;
•  2019 yilda – 859; 
•  2020 yilda – 781 nafar shaxs oqlangan.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida oqlangan shaxslar 170 nafardan oshgan.

Shu o‘rinda angliyalik mashhur huquqshunos Uilyam Blekstoun “bitta aybsiz javobgarlikka tortilgandan ko‘ra – yuzta aybdor ochiqda yurgani afzal” degan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat-protsessual kodeksining 462-moddasiga muvofiq, sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Shuningdek, JPKning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi hukm turini aniqlovchi mezon sifatida e’tirof etilish lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing