Toshkentda uchinchi “MAKON Marketing Forum – 2021” xalqaro marketing biznes-forum o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Bir sahnada yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalar top-menejerlari chiqish qiladilar, boshqaruv, marketing va sotuvlardagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Forum ishtirokchilarida bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlar va marketing hamda reklamaning samarali vositalarini olishning noyob imkoniyati bo‘ladi.

MAKON Marketing Forum 2021 biznes-forumi 22-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Forum ishtirokchilarini O‘zbekiston, Ukraina, Gruziya, Rossiyadan kelgan ekspertlar chiqishlari kutmoqda. Ma’ruzachilar o‘z shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar va biznes uchun murakkab bo‘lgan davrda loyihalarni qanday rivojlantirish to‘g‘risida maslahatlar beradilar.

“Forumning asosiy vazifasi, – deb fikr bildiradi Forum tashkilotchisi, Milliy marketing markazi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov, – professional marketing maydonini yaratish, unda yilda bir marta real tajriba va bilimlarga ega mahalliy va xorijiy ma’ruzachilar eng faol marketologlarimiz va tadbirkorlarimiz bilan uchrashadilar va o‘zlarining hayotiy voqealari va o‘tgan yil davomidagi kuzatuvlarini hamkasblar, boshlovchi tadbirkorlar bilan baham ko‘radilar. Bu vazifani biz ado etib kelmoqdamiz. Bu yil ushbu formatda uchinchi bor marketologlar va ekspertlar to‘planadilar va u mamlakatimizda biznesni rivojlantirayotgan mutaxassislarni birlashtiruvchi yagona har yilgi tarmoq tadbiriga aylanadi”.

O‘tgan yilda Forum faqat onlayn-formatda o‘tgandi. Bu yil karantin choralari va oflayn-ishtirokchilar soniga cheklovlar hali ham amalda va shu sababli, tashkilotchilar bunday marketing forumida birinchi martda ishtirokning aralash formatidan foydalanishga qaror qildilar. Bu forumda onlayn qatnashish ham mumkinligini anglatadi. Bunday format biznes-forumda “mavjudlik effekti”ni, barcha ma’ruzachilar chiqishlarini “jonli efir”da ko‘rish va tinglash imkoniyatini beradi, u YouTube`dagi MAKON Marketing kanalida uzatiladi.

Forumni dunyoning istalgan nuqtasidan ko‘rish mumkin. Bu esa, mamlakatimizdan uzoqda bo‘lgan va O‘zbekistondagi biznes hamda marketing borasidagi dolzarb masalalar haqida xabardor bo‘lishni istaganlarda bunday talabgir va dolzarb kontentdan foydalanishda geografik, vaqt yoki boshqa cheklovlar bo‘lmasligini anglatadi.

Oxirgi yildagi raqobat kuchayishi sababli tobora ko‘proq tadbirkorlar marketing biznesni rivojlantirish uchun muhimligini va sotuvlarni oshirish nafaqat mahsulot yoki xizmatning o‘ziga, balki, ko‘p jihatdan, to‘g‘ri maqomni tanlay bilishga, iste’molchining “dardi”ni topa olishga, maqsadli auditoriya bilan kommunikatsiyaga va marketing faoliyatining ko‘plab boshqa tarkibiy unsurlariga bog‘liqligini tushuna boshladilar.

Aynan shu sababli, bu yil biznes-forum slogani shunda yangraydi: “marketing biznesni rivojlantiradi”. MAKON Marketing Forum 2021 – birinchi navbatda, olg‘a intilish uchun zarur bo‘lgan professionallarning faol muloqoti, turli g‘oyalar va fikrlarni ifodalash uchun maydon. Bu – bir kun marketing ummoniga “sho‘ng‘ish” va industriyaning dolzarb tendensiyalari haqida barcha narsani bilib olish imkoniyati.

Tashkilotchilar MAKON Marketing Forum 2021da qatnashish har kim uchun yangi rivojlanish istiqbollarini ochishiga, samarali vositalar va tendensiyalar to‘g‘risida bilimlar berishiga, ular esa raqobatchilarga qaraganda jo‘shqinroq rivojlanish imkonini yaratishiga amindirlar va eng keng ko‘lamli tarmoq tadbirini faol qo‘llab-quvvatlashga taklif etadilar.

MAKON Marketing Forum 2021 ma’ruzachilari:

Kamron  G‘ulomov, AKFA Group Bosh direktori (O‘zbekiston)

Murodxon Nazarov, Murad Buildings asoschisi (O‘zbekiston)

Elena Leonova, RAMU vitse-prezidenti, CYeO Progression Group, Seven RA direktori (Rossiya)

Arina Strelnikova, Seven RA yangi biznes bo‘yicha direktori (Rossiya)

Nikolay Chumak, INDT kompaniyasi rahbari (Ukraina)

Zafar Hoshimov, korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi (O‘zbekiston)

Roman Sayfulin, Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi (O‘zbekiston)

Valeriy Razumov, BARAKA MARKET do‘konlar tarmog‘i bosh direktori (O‘zbekiston)

Mixail Pishvanov, “Vosxod” RA boshqaruvchi sherigi (Rossiya)

Spartak Tetrashvili, TBC Bank Uzbekistan rahbari (Gruziya)

Forum doirasida riteylni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalarining muhokamasiga bag‘ishlangan panel muhokamasi o‘tadi. Birinchi marta bir sahnada mamlakatdagi eng yirik chakana tarmoqlar – korzinka.uz, Makro, BARAKA vakillari uchrashadilar. Forum ishtirokchilar MMM va uning sheriklari hayotidagi qator muhim yangiliklardan birinchi bo‘lib xabar topadilar.

Biznes-forum yakunlanishi bilan  “2020-yil brendi” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkaziladi.

Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Milliy marketing markazi
Bosh hamkor – AKFA Group

Forum dasturi – tadbirning rasmiy saytida: www.nmc.uz
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing