Ibragimovich futboldan chetlatilishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

“Milan” klubi va Shvetsiya terma jamoasi xujumchisi Zlatan Ibragimovich bukmekerlik biznesida qatnashgani uchun uch yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin. Bu xaqda “Aftonbladet” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra,Ibragimovich bukmekerlik kompaniyalaridan birining aksiyadori hisoblanadi,shuningdek Zlatan 2018 yilda kompaniyaning raxbariga xam aylangan.

Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) etika kodeksi va Yevropa Futbol Uyushmalari Ittifoqi (UEFA) intizomiy qoidalariga ko‘ra, faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar uchun bukmekerlik kompaniyasi aksiyadori bo‘lish taqiqlangan.

Agarda Ibragimovichning aybi tasdiqlansa, u xar kanday futbolga aloqador faoliyatlardan uch yilgacha chetlatilishi, shu bilan birga taxminan 99 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli futbolchi mavsum davomida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing