Navoiy va Andijonga yangi soliqboshilar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan Andijon va Navoiy viloyatlari davlat soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Prezident imzolagan hujjatga ko‘ra, Ravshanjon Azimovich Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

 

Ravshanjon Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent moliya institutini “iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ravshanjon Nasimov bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa Anvarjon Yuldashaliyevich Botiraliyev tayinlangan.  

Anvarjon Botiraliyev 1977 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2001 yilda Farg‘ona davlat universitetini “iqtisodiyot” mutaxassisligi, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Botiraliyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Anvarjon Botiraliyev soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish sho‘’basi inspektori lavozimidan boshlagan.

U soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing