Fotoreportaj: poytaxtliklar bayramni qanday nishonlayapti?
Bu qiziq
−
14 yanvar 2021 7741 1 daqiqa
Bugun, 14 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni nishonlanmoqda.
Erta tongdan O‘zbekiston kuch tuzilmalari vakillarining Qurolli kuchlar muzeyidagi Vatanga qasamyod monumentiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida keng nishonlanyapti. QALAMPIR.UZ muxbiri Xalqlar do‘stligi saroyi atrofida o‘tkazilayotgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar ko‘rgazmasida bo‘lib, odamlar bayramni qanday o‘tkazayotganini fotoapparat ob’ektiviga muhrladi.

Eslatib o‘tamiz, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.













Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr