Katta oilalar uchun eng maqbul xonadonlar!

Biznes

image

Golden House Britaniya kvartali Greenwich'da katta oilalar uchun eng maqbul xonadonlar variantlarini taqdim etdi.

Bir necha farzandli oilalar ko‘pincha yirik maydonli xonadonlarni tanlaydilar, so‘nggi yillar statistikasi esa bunday oilalar soni ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shunday tendensiyani inobatga olgan holda, Yangi yil bayramlari munosabati bilan Golden House uch kishidan ortiq a’zosi bo‘lgan oilalar ko‘p hollarda tanlaydigan xonadonlarning 2 tasini taqdim etdi. Bu 91 va 125 kvadrat metrli xonadonlar bo‘lib, ularni xarid qilish uchun ko‘plab qulay sharoitlar taklif qilinmoqda.

Yirik xonadonlarning afzalligi shundaki, ularda bir necha yotoqxona va garderob hamda vannaxonalari bor. Bunday xonadonda har bir oila a’zosi uchun alohida shaxsiy makon bo‘ladi.

Bundan tashqari:

•    ushbu dam olish kunlarida ularga maxsus takliflar amal qilmoqda;

•    Yangi yil munosabati bilan ularni o‘zgacha shartlar asosida xarid qilish mumkin;

•    xaridorlar ro‘zg‘orda foydali va zarur bo‘ladigan texnika jihozlari ko‘rinishida kafolatlangan sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin;

•    mijozlar yutuqli aksiya ishtirokchisiga aylanadilar va Tesla Model 3 avtomobilini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Aksiya tugashiga 26 kun qoldi!

•    shourumga va qurilish maydoniga tashrif buyursangiz, aynan shu turdagi xonadonlarni tayyor holda ko‘rishingiz mumkin.

Xonadon xaridi uchun sovg‘alar va qimmatbaho sovrinlar faqatgina Yangi yilgacha taqdim etiladi. Shu bois Golden House barcha mijoz va mehmonlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashish maqsadida xaridorlarni kelayotgan dam olish kunlarida savdo ofislariga butun oilalari va farzandlari bilan tashrif buyurishga taklif qiladi.

Greenwich savdo ofisi: Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi.

Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

Golden House markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: “Novomoskovskaya” TJM, Irrigatsiya instituti.

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11

Sayt: gh.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing