“Hamma raqsga tushsin”. Abdurahmonov andijonliklarni nog‘orasiga o‘ynatmoqchi

Jamiyat 12346
image

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga “Andijon polkasi”ga har kuni raqsga tushishni buyurdi. Bu haqda viloyat hokimining o‘rinbosari imzolagan hujjatda belgilangan. 

Hokim topshirig‘iga asosan “Andijon polkasi” kuyi yaratilganining 100 yilligi va shu nomdagi xalq raqs ansambli tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan barcha tashkilot, muassasa, umuman olganda o‘zini andijonlikman deb bilganlar butun jamoasi, hamkasblari bilan “Andijon polkasi”ga raqsga tushishni odat qilish buyurilgan va “Andijon polkasi” oyligi e’lon qilingan.

Shuningdek, shahar bo‘ylab harakatlanayotgan barcha jamoat transportlarida, savdo do‘konlarida, bozorlarda, mehmonxonalarda, avto va temir yo‘l vokzallarida hamda boshqa odamlar gavjum bo‘lgan barcha hududlarda turli chellenjlar va fleshmoblar tashkil qilish orqali raqs ommalashtirish zarurligi belgilangan. 

Bu ham yetmagandek, tadbirlarning foto va yozma axboroti har hafta viloyat hokimligining turizm kotibiyatiga taqdim etish so‘ralgan.

Hozirda viloyat hokimligi Matbuot xizmati chellenjlardan olingan foto, videolarni Telegram'dagi kanalga joylashtirish bilan band.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 331
Reyting: 3
t
×