Ohangarondagi ayanchli YTHda haydovchining 5 oylik qizi va turmush o‘rtog‘i halok bo‘ldi
3-sahifa
−
18 Sentabr 2020
10287Kecha, 17 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Hyundai Porter va traktor ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 20:30 da haydovchi, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-Osh” avtomobil yo‘lining 153-kilometrida yuz bergan.
35 yoshli X.T. Hyundai Porter rusumli avtomashinani boshqarib, Angren-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda, o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga qayrilish uchun (ruxsat etilgan joyda) to‘xtab turgan haydovchi 49 yoshli B.U. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan.
Natijada “Hyundai porter” avtomashinasining yo‘lovchilari ya’ni haydovchi X.T.ning turmush o‘rtog‘i 32 yoshli S.T. (ayol) tan jarohatlari olib xodisa joyida hamda voyaga yetmagan 5 oylik qizi B.B. Oxangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, X.T. va uning o‘g‘illari 12 yoshli B.B., 10 yoshli U.B. va 7 yoshli X.B. turli darajadagi tan jarohatlari bilan, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr