Soxta san’at asarlarini aniqlashning yangi usuli topildi
Madaniyat-san’at
−
20 fevral 2020
6961Yevropa va AQSH kimyogarlarining aniqlashicha, "muzeysiz" sharoitda saqlanganiga qaramay italiyalik ustalarning ko‘plab rasmlari, jumladan, "Mona Liza" va boshqa Uyg‘onish davrining boshqa asarlari ularda paydo bo‘lgan mayda yoriqlar evaziga shu kungacha saqlanib kelgan. Olimlarning xulosasi keltirilgan maqola “Heritage Science” jurnalida e’lon qilindi.
“Biz krakelyur buyog‘idan foydalanilgan rassomlarning asarlari yomon sharoitlarda ham uzoq vaqt yaxshi saqlanganish sababini aniqladik. Umid qilamizki, ubu bilimlar imkoniyatlar cheklangan eski galereya va muzey binolarida zarur iqlim nazorati tizimini yaratishga yordam beradi”, dedi Krakovdagi kataliz va kimyosi instituti olimi Lukas Bratas (Polsha).
So‘nggi yillarda kimyo, fizika va boshqa aniq fanlar tarix va san’atga tobora ko‘proq kirib bordi. Bu artefakt va sana’t asarlarida yo‘qotilgan narsalarni aniqlash uchun ularning ichiga yanada chuqurroq kirib borish imkoniyatini berdi.
Masalan, yaqinda Britaniya arxeologlari qadimgi Rim davridan beri muhrlangan qutidagi tangalarning fotosuratlarini, uni ochmasdan turib olishdi. Shuningdek, Pompeyda bitilgan ba’zi papiruslarni o‘qishgan. Xuddi shunday, yashirin obrazlar Rembrandt va Edgar Degas rasmlarida topilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, xuddi shu metod rasmlarning yoshini "hisoblash" va hatto eng nozik soxta narsalarni aniqlashga imkon beradi. Masalan, besh yil oldin, olimlar Qadimgi Misrning eng mashhur rasmlaridan biri bo‘lgan "Medum g‘ozlari" surati XIX asrda italiyalik arxeolog tomonidan soxtalashtirilgan degan xulosaga kelishgan. Shuningdek, kimyogarlar O‘lik dengizdagi ba’zi mashhur yozuvlar soxta ekanligini ushbu metod orqali ko‘rsatib berishgan.
LiveBarchasi