Badiiy akademiyada Akmal Nur asarlari ko‘rgazmaga qo‘yildi
Madaniyat-san’at
−
07 Oktabr 2019
8073O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kecha, 6 oktyabr kuni o‘g‘li Miromon bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida ochilgan tasviriy san’at ko‘rgazmasini tomosha qilgani haqida xabar bergan edik.
Saida Mirziyoyeva bu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilgan xabarnomasida o‘g‘li Miromon tomonidan chizilgan tasviriy san’at asarlarini ham taqdim etgan edi. Prezidentning nabirasi chizgan tasviriy san’at namunalarining elektron nusxalarini minglab o‘quvchilar tomosha qilishga ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarnoma va suratlardan kelib chiqib, ko‘rgazmada Prezidentning nabirasi Miromon chizgan suratlar ham namoyish etilayotgani taxmin qilingan edi. Biroq, bu ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Ko‘rgazmada faqat O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur asarlari namoyish etilmoqda.
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, akademik Akmal Nurning "Akmal Nur rangtasvirida ramzlar va qadriyatlar" nomli albom-katalogining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Rassomning 196 ta asari jamlangan, 252 betli mazkur albom-katalog “Zamon-press-info” nashriyot uyi tomonidan tayyorlanib, Turkiyaning “Mega-basim” bosmaxonasida rus va ingliz tillarida chop etilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr