Mart oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
01 aprel 2020
9235Yakuniga yetgan mart oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari va tariflari darajasining o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 2,8 foizga ko‘tarildi.
Yillik davrda esa (2019 yilning martiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati 13,6 foizni tashkil etdi
2019 yilning mart oyida tovarlar va xizmatlarning narxlari oy davomida o‘rtacha 1,2 foizga o‘sgan. O‘tgan yilning birinchi choragida (yanvar-mart) tovar va xizmatlarning narxlari 4,3 foizga qimmatlashgan.
LiveBarchasi