Gaz o‘g‘rilari davlatga 8 milliard so‘mga yaqin zarar yetkazgan
Jamiyat
−
01 Oktabr 2019
5820Keyingi yillarda ko‘plab ogoxlantirishlarga va belgilangan tartibda choralar ko‘rilganiga qaramay, yakka tartibdagi biznes vakillari, shuningdek respublika axolisi tomonidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik holatlari afsuski, davom etmoqda.
Jamoatchilik nazorati va fuqarolarning gazdan foydalanishda befarqligi qonunbuzarlarning jazosiz qolishiga va ularning erkin harakatlariga yordam beradi. Shuni esda tutish kerakki, gaz ta’minotidagi uzilishlar va uzilishlarning asosiy sabablaridan biri gaz tarmoqlariga tartibsiz, ruxsatsiz ulanishdir.
O‘rganishlar davomida joriy yilning sentyabr oyida “O‘zneftegazinspeksiya” tomonidan O‘zbekistonda gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda gaz ta’minotiga noqonuniy ulanish orqali 300 tadan ortiq xolat aniqlanib jami 8 milliard sumga yaqin, 7 million 682 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, zarar yetkazgani aniqlandi.
Xususan, Andijon viloyatida joylashgan “Muxammad XSSNCHF” korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida 390 million so‘mdan ortiq, 394 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Xurram Savdo” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida jami 128 million so‘mdan ortiq 128 ming 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Umuman olganda, shu yilning boshidan 2 ming 250 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun xujjatlar huquni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy iste’mol qilish xajmi jami 1 milliard so‘mlik 956 ming metr kubni tashkil etdi. Siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr