Katta Langar Qur’oni Diniy idoraga topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim etdi.

Muftiy Usmonxon Alimov Qur’oni karimning ushbu nusxasi juda ham tabarruk ekani, uni O‘zbekiston musulmonlari idorasining muzey-kutubxonasiga joylashtirilishini bildirgan. 

Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston zaminida kamol topgan ulug‘ mutafakkirlar yozgan, ayni vaqtda xorij mamlakatlarida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma asarlarning faksimile nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish va keng jamoatchilikka yetkazish borasida sa’y-harakatlar olib borilayotganini qayd etgan.. Katta Langar Qur’onining mazkur faksimile nusxasi ushbu yo‘nalishda boshlangan ishlarning ilk natijasi ekanini aytib o‘tdi.

Islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur’oni karimning eng qadimiy nusxalari o‘zbek xalqining bebaho merosi sifatida qadrlanadi. O‘zbekistondagi ana shunday ma’naviy meroslardan biri bo‘lgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’onining 13 ta sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Endilikda uning yonida qolgan sahifalarning faksimile nusxasi ham o‘rin oladigan bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing