Prezidentlar Ko‘ksaroyda ko‘chat o‘tqazdi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
5780Xabaringiz bor, bugun, 29 noyabr kuni poytaxt Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.
Samarali muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi.
Bu daraxtlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonning mustahkam do‘stligi va hamkorligi ramzi sifatida yonma-yon o‘sadi.
LiveBarchasi