O‘zbekistonda talabalar uchun yangi stipendiya joriy etiladi
Jamiyat
−
06 fevral 2020
6265Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi 2020 yilning oktyabr oyida keng nishonlanishi kutilmoqda. Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi”ni ta’sis etish, Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomini berish hamda “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovini an’anaviy tarzda o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2020 yilning 15 sentyabriga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xiyoboni zamonaviy qiyofada qayta tashkil etilib, uning haykali bronzaga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, atoqli namoyondaning hayoti va ijodi, uning Sharq tasviriy san’atiga qo‘shgan beqiyos hissasiga bag‘ishlangan hujjatli filmning tayyorlanishi belgilangan.
Qayd etilishicha, Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha 2020 — 2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ham ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi